Toshkentda TAF!25 – Toshkent reklama festivali yorqin va keng ko‘lamda bo‘lib o‘tdi. Bu yil Markaziy Osiyodagi kreativ industriyaning asosiy voqeasini umumiy homiy sifatida qo‘llab-quvvatlagan Octobank bo‘ldi. Ushbu tadbir orqali Octobank ijodiy g‘oyalar va innovatsiyalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi.
Festivalda Octobank “2025-yilda O‘zbekistonda onlayn-biznes uchun qulay raqamli yechimlar yaratishdagi yetakchilik uchun” mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bu yuqori eʼtirof bankning raqamli banking sohasidagi yetakchi o‘rni va mamlakat biznes-ekotizimini rivojlantirishdagi hissasini yana bir bor tasdiqladi.
Mukofotni bank nomidan Octobank Boshqaruv raisining o‘rinbosari Hamid Jo‘mayev qabul qildi.
«Mukofotlar olish har doim yoqimli, ayniqsa ijodkorlarni ilhomlantiradigan va birlashtiradigan festivalda. TAF tashkilotchilariga e’tirof va ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz — bu biz uchun oldinga intilish va yangi natijalarga erishish uchun kuchli motivatsiya!», – dedi Xamid Jumayev.
TAF!25 Octobankdan yana bir muhim yangilik bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi: endi bank foydalanuvchilari Octo-mobile ilovasida AliPay to‘lov xizmati orqali xorijdagi xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin — bank birinchilardan bo‘lib o‘z ilovasi interfeysiga Xitoy to‘lov xizmatini joriy etdi. Bank vakillari festival stendlarida ushbu yangi xizmatni taqdim etdi.
Festivalda Octobank stendlari innovatsiya va ijodkorlik uyg‘unligini namoyon qildi. Ulardan biri — "Biz hammamiz bolamiz, faqat balandroq bo‘ldik" g‘oyasi bilan — bank falsafasining asosini tashkil etuvchi samimiylik, ochiqlik va fikrlash jasoratini ifodaladi. ESG qadriyatlariga amal qilgan holda, bank mehmonlar uchun o‘sish va barqaror rivojlanish muhimligini eslatib turuvchi — "O‘z brendingni o‘stir" ramziy sovg‘asini ham tayyorladi.
Octobank marketing va PR bo‘limi rahbari Muhammad Alinazarov sessiyalar va mahorat darslari blokini ochar ekan, "Xulq-atvor statistikasi: raqamlar aslida odamlar haqida nima deydi" deb nomlangan taxlili bilan o‘rtoqlashdi. Bu yerda muhim insayt "kreativlik har qanday sohada — hatto an’anaviy tarzda faqat quruq raqamlar kutiladigan joylarda ham zarur" ekanligi bo‘ldi.
“Inson xulq-atvorini tushunish odamlar uchun haqiqatan ham ish beradigan yechimlarni yaratishga yordam beradi. Hatto moliyaviy tahlilda ham ijodkorlikka jo‘y bor, chunki har bir raqam ortida haqiqiy odamlar, ularning tanlovlari va his-tuyg‘ulari turadi”, — dedi u.
Natijada, Octobankning TAF!25 bosh homiysi sifatidagi ishtiroki bankning zamonaviy raqamli banking madaniyatini shakllantirishga sodiqligini tasdiqladi — bunda texnologiyalar insonlarga xizmat qiladi, ijod esa oldinga intilishga ilhom beradi.
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi