JET: 20 millionlik omonatdan qaysi bankda eng katta foyda olish mumkin? Batafsil

Octobank va barqaror taraqqiyot: "Biz kelajak uchun poydevor yaratmoqdamiz"

19.02.2025

Barqarorlik nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlar, balki atrof-muhit, jamiyat va korporativ boshqaruvga mas’uliyatli munosabat bilan ham belgilanadi. Octobank ESG tamoyillariga sodiq — ilg‘or texnologiyalar va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni joriy etmoqda.

— Biz Octobankda muvaffaqiyatli biznes nafaqat daromadli, balki mas’uliyatli bo‘lishi kerakligiga ishonamiz, — ta’kidladi Octobank Ijro apparati rahbari va ESG loyihalari koordinatori Komiljon Saidov.

— Potensial xavf-xatarlarni aniqlash va barqaror rivojlanish imkoniyatlarini belgilash maqsadida, biz boshqaruv tizimimizni muntazam takomillashtirib boramiz, biznes jarayonlarimizni optimallashtiradigan va atrof-muhitga ta’sirni kamaytiradigan innovatsion texnologiyalarni joriy etishga intilamiz. Raqamlashtirish, virtual kartalarga o‘tish va ekologik loyihalarni rivojlantirish kabi tashabbuslarimiz –bu yanada samaraliroq biznes sari tashlangan qadamlar bo‘lib, mijozlarimiz, xodimlarimiz va umuman jamiyatimiz uchun barqaror kelajak yaratishga qo‘shgan hissamizdir.


Biznesga ekologik jihatdan yondashuv


Bankning asosiy yo‘nalishlaridan biri — ekologiya. Octobank uglerod izini kamaytirish uchun loyihalarni rivojlantirmoqda:

  • Raqamli transformatsiya. Elektron hujjat aylanishini (EDO) joriy etish Octobankka korporativ jarayonlarni optimallashtirishga, ortiqcha operatsiyalarni va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga — CO2 chiqindilarini, plastik va qog‘ozdan foydalanishni kamaytirishga yordam beradi. 
  • Virtual kartalar. Plastik tashuvchilardan foydalanishni kamaytiramiz — shu tariqa raqamlashtirish va tabiatni muhofaza qilishga hissa qo‘shamiz. Bunday karta mobil ilova orqali rasmiylashtiriladi va ishlatiladi. 
  • Kelajakdagi rejalar daraxt ekish, batareyalarni utilizatsiya qilish dasturini joriy etish va korporativ avtoparkka elektromobillarni bosqichma-bosqich joriy etishni o‘z ichiga oladi.          

Korporativ strategiyada barqaror taraqqiyot tamoyillari

Insonlar — Octobankning asosiy boyligi. Shu bois, biz har bir xodim o‘zini jamoaning bir qismi deb his qiladigan, kasbiy jihatdan o‘sish imkoniyatiga ega bo‘ladigan va munosib rag‘bat oladigan muhitni yaratmoqdamiz. 

Octobank xodimlarga quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar. Murakkab hayotiy vaziyatlarda ko‘rsatiladigan yordam
  • Rivojlanish va mansabda ko‘tarilish. Shaffof karyera yo‘nalishlari: har bir xodim o‘zining kasbiy rivojlanish yo‘li va maqsadini aniq tushunadi. Kurslarda ta’lim olish, treninglarda ishtirok etish va soha bo‘yicha konferensiyalarga qatnashish. 
  • Motivatsiya tizimi. Mehnatga haq to‘lash va bonuslarning adolatli va tushunarli tizimi. 
  • Sog‘lom turmush tarzi. Sport zali va basseynga obunalar, korporativ sport tadbirlari, shuningdek, xodimlarning farzandlari uchun sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar.

 

Gender tengligi tamoyillari korporativ kodeksda mustahkamlangan va kadrlar siyosatida amalga oshirilmoqda. Shunindek,bank O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Germaniya va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislardan tashkil topgan ko‘p millatli jamoasi bilan faxrlanadi.

Bundan tashqari, Octobank O‘zbekiston ish beruvchilar uyushmasi va dunyoning yetakchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtirgan Qorus xalqaro hamjamiyatining a’zosi hisoblanadi. Bu korporativ ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni o‘zaro almashishga ko‘maklashadi.

Octobank tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, barqaror va ekologik toza loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor. Bank bunday sifatli sarmoyalar nafaqat atrof-muhit holatini yaxshilashga hissa qo‘shishini, balki uzoq muddatli iqtisodiy qiymat ham yaratishini chuqur anglab yetgan.

Telefon: (+998) 71 202 33 33

Support: @octobanksupport 

E-mail: info@octobank.uz

Facebook: fb.com/octobank.aj

Instagram: @octobank_aj 

Telegram: https://t.me/Octobank_AJ

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asositiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondashgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Octobank Oʻzbekistondagi onlayn-nashrlarda yoritilishi bo'yicha TOP-5 bank qatoriga kirdi

27.03.2025

Octobank Oʻzbekistondagi onlayn-nashrlarda yoritilishi bo'yicha TOP-5 bank qatoriga kirdi

Uzum ekotizimi 300 milliard so‘mlik obligatsiyalarning ilk chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi

27.03.2025

Uzum ekotizimi 300 milliard so‘mlik obligatsiyalarning ilk chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Kapitalbank axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

20.03.2025

Kapitalbank axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi



Orphus tizimi