“KDB Bank O’zbekiston” AJ 2021 yil may oyidan “Office.Net O’zbekiston” xizmatini ko’rsatishni bekor qilish to’g’risida xabar beradi
“Internet Banking iDBA” masofaviy bank xizmatlari yangi tizimini ishga tushirilishi munosabati bilan Bank mijozlarni “Office.Net O’zbekiston” xizmati (qo’shimcha dasturiy ta’minot yordamida masofaviy xizmat ko’rsatish tizimi)ga ulashni to’xtatadi, shuningdek “Office.Net O’zbekiston” tizimini rivojlantirish va texnik qo’llab – quvvatlashga sarmoya kiritishni to’xtatadi.
“Office.Net O’zbekiston” tizimi xizmatidan foydalanadigan mijozlarga yangi “Internet Banking iDBA” tizimiga ulanishni tavsiya etamiz.
“Internet Banking iDBA” tizimi yordamida mijozlar yangi tizimning quyidagi afzalliklaridan bahramand bo’lishlari mumkin:
“Internet Banking iDBA” tizimiga ulanish uchun xujjatlar
Ro’yxatdan o’tish uchun Bankka foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish uchun Arizani (4 – Ilova) to’ldirilgan holda va Call Back Avtorizatsiyasi uchun aloqa ma’lumotlarini (2-Ilova) taqdim etishingiz lozim. Xizmatlar ko’rsatish shartlari www.kdb.uz veb-sahifasida qo’yilgan ommaviy taklif shaklida taqdim etiladi.
Agar tashkilot masofaviy bank xizmatlari “Internet Banking iDBA” oldingi versiyasidan foydalangan bo’lsa, u holda mavjud foydalanuvchi nomi va parol yangi tizimga kirish uchun mos keladi.
Yangi tizimga o’tish sabablari
“Office.Net O’zbekiston” tizimi mijozlar tomonidan talab qilinadigan yangi xususiyatlar va xizmatlarni qo’shishga imkon bermaydi va planshetlar kabi mobil qurilmalardan ishlay olmaydi.
Internet Banking iDBA yangi tizimining imkoniyatlari
“Office.Net O’zbekiston” xizmatini ko’rsatishni bekor qilish to’g’risida