Oflayn-omonatlar omonatchilarga pul keltirishda davom etmoqda!

13.04.2020
Karantin davrida aholiga zarur ehtiyojsiz uydan chiqish tavsiya etilmaydi, shuning uchun ko’plab omonatchilar o’zlari shaxsan bankka kelish va pullarini olish imkoniyatiga ega emaslar. Lekin ayni paytda bank bo’linmalarida ochilgan ko’plab omonatlarning muddati oxiriga yetdi yoki yetmoqda. «Kapitalbank» filiallarida ochilgan va muddati karantin davrida tugaydigan omonatlarni qayta rasmiylashtiradi. Barcha omonatlar foyda keltirishda davom etadi. «Kapitalbank»ning so’mdagi omonatlari yillik foiz stavkasi 21% li «Navro’z» omonatiga o’tkaziladi. AQSh dollaridagi omonatlar omonatchilarga yiliga 5% daromad keltiradigan Kapital omonatiga o’tkaziladi. Omonatlarning muddatlari – 36 oy. Bu amalda nimani bildiradi? Endi agar omonat muddati karantin davrida tugaydigan bo’lsa, pullar karantin tugaguncha “o’lik yuk“ bo’lib yotmaydi, balki avtomat tarzda faollashib, foyda keltirishda davom etadi. Y’ani omonatlar xuddi “davom etayotgandek” bo’ladi. «Kapitalbank»ning plastik kartalari bo’lgan omonatchilar Apelsin mobil ilovasini yuklab olishlari va uning tasdiqlangan foydalanuvchilari bo’lishlari mumkin, bu ularga omonatlarining holatini va hisoblangan foizlarni kuzatib borish imkonini beradi. Bunda omonatchilar omonatdagi pul mablaǵlarini qisman echib olishi va to'ldirishlari mumkin. Agar omonatchi pullarini muddatidan oldin yechib olishni hohlasa, u omonatning to’liq omonatda turgan har bir oyi uchun foizlarni oladi. «Kapitalbank» ning plastik kartalari bo’lmagan Toshkentdagi omonatchilar Kapitalbank» Humo kartalarini buyurtma qilishlari mumkin, ular yetkazib berish xizmati orqali mutlaqo bepul uylariga yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmati ishlab turgan boshqa shaharlarda «Kapitalbank» Uzcard kartalarini bepul olish mumkin.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi