O'zbekiston banklarining eng yaxshi mobil ilovalari reytingi e'lon qilindi. Batafsil

Oilaviy budjet

12.01.2021

Oilaviy budjet nima?

Ko‘p pul topish-jasorat, uni saqlash-donolik,
va uni mohirona sarflash-san'atdir.

Averbax Bertold.

Budjet ma'lum vaqt (hafta, oy yoki yil) mobaynida daromad va xarajatlarning umumiy miqdorini ko‘rsatib beradi. Budjet davlatniki, kompaniyaniki, ma'lum bir inson yoki oilaniki bo‘lishi mumkin.

Daromadlar o‘z ichiga barcha mablag‘lar manbaini oladi, jumladan: ish haqi, stipendiya, pensiya, ustamalar, lotoreya yutuqlari va h.k.

Odamning ishlash yoki ishlamasligiga qaramasdan keladigan boshqa daromad manbalar ham mavjud. Misol uchun: qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan keladigan daromadlar, bankka qo‘yilgan omonat foizlari, uyni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar va boshqalar kiradi.

Xarajatlar tarkibi majburiy, ixtiyoriy va kutilmagan xarajatlarga bo‘linadi. Bularning barchasini biz Xasanovlar oilasining oila budjeti misolida ko‘rishimiz mumkin.

image002

Oila budjeti  – bu oilaga bir oy davomida kelib tushadigan er va xotinning ish haqi pullari, shuningdek turli hil yordam pullari va boshqa  daromadlarning umumiy yig‘indisidir. Budjetni rejalashtirish – bu oilaning daromad va xarajatlarini to‘g‘ri hisob-kitob qilishdir.

Oilaning har bir a'zosi oila budjetini tuzish jarayonida ishtirok etishi muhimdir. Bolalarni bunga o‘rgatish orqali siz ularga kelajakda o‘z shaxsiy budjetlarini boshqarish uchun asos yaratib berasiz.

Oila budjetini yuritishni nazorat qilib borish nima uchun kerak?

Budjetni nazorat qilish pulni boshqarishdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu sizga pulingizni tejashga va o‘z mablag‘laringizdan maksimal darajada samarali foydalanishga ko‘mak berib sizga ko‘proq xarajat qilishingizga yordam beradi. Budjetni yuritishni ayrim ijobiy tomonlari:

10
1. Ortiqcha xarajatlarni qisqartirish

Statistikaga ko‘ra daromad va xarajatlarining hisobini yuritmaydigan ko‘pchilik odamlar ishlab topadigan pullariga qaraganda ko‘proq xarajat qiladilar. Budjetni yuritib borish o‘z mablag‘laringizni nazorat qilishga va ortiqcha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

2. Maqsadlarga yerishishdagi yordam

Budjetni boshqarishingiz tufayli sizda tayyor moliyaviy rejangiz bo‘ladi. Uni muntazam ravishda kuzatish orqali siz qo‘yilgan maqsadlaringizga erishishingizni nazorat qilib borishingiz mumkin. Maqsadlarga (telefon, mashina, mebel' va hokazolarni xarid qilish) erishish uchun har oyda ularga ma'lum miqdorda pul ajratib boring.

3. Moliyaviy savodxonlik va intizom darajasini oshirish

Vaqt o‘tishi bilan siz rejaga to‘liq amal qilishni va xarajatlarni keragidan oshirmaslikni o‘rganib olasiz. Bu sizni sotuvchilar va reklamalar tomonidan jalb qilinadigan kutilmagan xaridlardan ajoyib tarzda ximoya qiladi. Shuning uchun nima xarid qilayotganingizni va u sizga haqiqatdan ham hozirgi vaqtda kerak ekanligini oldindan yaxshilab o‘ylab ko‘rasiz. Oila budjetini rejalashtirgan va har bir ishlab topilgan pulni qaerga ketganligini ko‘rgan odam biror narsani darhol sotib olish uchun qimmatbaho kreditlar va qarzlarni olmaydi. Bunga ehtiyoj sezilmaydi, chunki siz biron bir narsani sotib olishni rejaga kirg‘izishingiz va uni bir oz kechroq (masalan, mavsum tugagandan so‘ng va yaxshi chegirma bilan) qo‘shimcha xarajatlarsiz sotib olishingiz mumkin.

4. Qarz girdobidan tezda chiqish yo‘li
30

Agar oila katta qarzga botgan bo‘lsa, rejalashtirish hozirgi vaqt uchun zarur va birinchi darajali bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Bunday oila daromadlari oshganda bo‘sh turgan mablag‘larining katta qismini xaridlar yoki o‘yin-kulgilarga emas, balki qarzlarni yopishga sarflaydi. Bularning barchasini hech kimdan qarzdor bo‘lmaganingizdan so‘ng tashkil qilish mumkin.

5. Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi

Sizning budjetingiz kutilmagan holatlar uchun xavfsizlik yostig‘i bo‘lishi mumkin. Oddiy tilda aytganda, bu qora kun uchun ajratilgan ma'lum miqdordagi pul. Ya'ni, bu oldindan aytib bo‘lmaydigan qiyin vaziyatlarni "yumshatadigan" kapitaldir.

Oila budjetini to‘g‘ri yuritish ko‘p pul ishlab topishni va kamroq xarajat qilishni anglatmaydi. Buning uchun oila budjetini shunday to‘g‘ri shakillantirish kerakki, unda farovon hayot kechirish uchun oldindan daromad va xarajatlarni belgilab olish lozimdir.

Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

12.01.2021

«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

finlit.uz

Lizing o‘zi nima?

12.01.2021

Lizing o‘zi nima?

finlit.uz

Markaziy bank

01.08.2020

Markaziy bank

finlit.uz



Orphus tizimi