Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Oltin quymalar: jamg'armalaringiz xavfsizligi va ishonchliligi

04.11.2020
Oltin quymalar: jamg'armalaringiz xavfsizligi va ishonchliligi Oʻz qiymatini aniq hech qachon yoʻqotmaydigan bu - oltindir. Deyarli barcha rivojlangan davlatlar oʻz oltin zahira rezerviga ega. U yoki bu yoki valyuta qanchalik mustahkam boʻlmasin, barchasi bir soatda oʻzgarib ketishi mumkin. Oltin esa hech qachon sizni “uyaltirib” qoʻymaydi. Aholining kelajak uchun sarmoya qilishi va oʻz jamgʻarmalari nafaqat pul koʻrinishida, balki boshqa ekvivalentda saqlash imkoniyatini yaratish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oltin quymalarni tijorat banklarida sotish hakida qaror qabul qilindi. Sotish uchun moʻljallangan quymalar 999,9 probali sof tilladan boʻlib, 5, 10, 20, va 50 grammda maxsus himoyalangan qadoqda chiqariladi. Oltin quymalar qadogʻi maxsus sertifikat boʻlib xizmat qiladi va oʻzining shaxsiy seriya raqamiga ega. Oltin quymalarni harid qilib, Siz oʻz jamgʻarmangizni xavfsizligini taʼminlaysiz. Axir oltinning qiymati, garchi halqaro birjada biroz oʻzgarib tursa ham, tarixdan barqaror oʻsishni namoyish etib kelmoqda. Shu bilan birga, oltin quymani siz sovgʻa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy sovgʻa emas, balki sarmoya qilishning eng yaxshi usulidir, barqarorliq kafolati va valyuta kurslarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlardan himoyadir. Aholi uchun sotishga moʻljallangan oltin quymalar uchun narxlar jahon bozoridagi oltin narxiga bogʻliq boʻlib, u har kuni oʻzgarib turadi. Barcha toʻrt nominaldagi quymalar narxi, shuningdek Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma milliy valyutada har kuni Markaziy bank veb-saytida eʼlon qilinadi. Bu muhim! Agar siz biron bir shikastlanish yoki qadoqlashning texnik talablariga mos kelmasligi aniqlansa, texnik koʻrikdan soʻng oltin quymalarni qayta sotishingiz mumkin. Toʻlov tekshiruvdan soʻng amalaga oshiriladi. Oltin quymalarni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ning Yashnobod filialida harid qilishingiz mumkin. Yaqin vaqtlar ichida esa Amir Temur fililalida (Samarqand sh.) va SQB ning Sirdaryo filialida ham sotib olish mumkin boʻladi. 2020-yil 3-noyabrdagi oltin quymalar uchun sotish va sotib olish narhlari: 5 gramm — 3 456 000 soʻm 10 gramm — 6 661 000 soʻm 20 gramm — 13 197 000 soʻm 50 gramm — 32 364 000 soʻm Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-saytidan oltin quymalar narxlarining kunlik oʻzgarishini bilib olishingiz mumkin Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlari asosida tayyorlandi.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi