Toshkentdan Nukusgacha — 1200 kilometr. Avvalari shu manzilga pul jo‘natish uchun qancha zahmat chekilishi yodingizdadir?! Qog‘oz yo salafanga o‘ralgan omonatingiz taksichi yo biror ko‘ngilli yo‘lovchi orqali to egasiga yetib borgunicha yurak hovuchlab o‘tirardingiz... Xarajatlariyam odamni “chaqib” yuborardi...
Bugun-chi? Xalq banki tomonidan joriy qilingan “UzPay” tizimi ana shu mushkulotlarning bariga chek qo‘ygan! Bankka borib pulni berasiz, mamlakatimizning istalgan hududidagi qarindoshingiz yo tanishingiz besh daqiqa ichida jo‘natgan mablag‘ingizni naqd pulda oladi. Ortiqcha harakat, kutish, yetib bordimi, yo‘qmi, degan xavotirlardan xolisiz.
Hozir bu xizmat turining afzalliklarini ko‘pchilik anglab yetgan. “UzPay” tizimi orqali shu paytgacha 34 150 ta mijozning milliy valyutadagi 141,3 mlrd. so‘mlik pul aylmanmasi amalga oshirilib,
1,4 mlrd. so‘m daromad olishga erishildi. Shuningdek, xorijiy valyutada uch mingdan ortiq mijozning 1 667,8 ming AQSH dollarilik pul aylmanmasi amalga oshirilib, 16,4 ming. AQSH dollari miqdorida daromad olindi.
Bu — Xalq banki tomonidan ko‘rsatilayotgan chakana xizmatlarning birgina turi! 2020-yilning o‘tgan davrida Xalq banki tomonidan 20 million 215 ming mijozga chakana xizmatlar ko‘rsatildi. Bu yo‘nalishda daromad salmog‘i esa ikki barobardan ziyod oshdi. Ya’ni 2019-yilda 445 mlrd. so‘mlik daromad ko‘rilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 937 mlrd. so‘mga yetdi.
Xo‘sh, mazkur raqamlar nimani anglatadi? Demak, bank bor-yo‘g‘i bir yil ichida chakana xizmatlari qamrovini ikki barobar ko‘paytirdi. Bu Xalq banki xalqqa yanada yaqinlashdi, deganidir!
Bank Axborot xizmati
11.12.2025
So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda
11.12.2025
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
Omonatingiz besh daqiqada egasining qo‘lida bo‘ladi!