JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Omonatlar endi - yanada daromadli!

28.01.2019

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga yanada ko‘proq daromad olish imkoniyatini yaratish maqsadida amalda bo‘lgan ayrim omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini oshirdi.

Xususan:

- “Kelajak bunyodkori” omonatiga to‘lanadigan foizlar yillik 20 foizdan 21 foizga oshirildi. Omonat muddati – 25 oydan 36 oygacha;

- Inson manfaati” omonatiga to‘lanadigan foizlar yillik 19 foizdan 20 foizgacha oshirildi. Omonat muddati – 13 oydan 25 oygacha.

Mazkur omonatlarga mablag‘lar milliy valyutada naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda omonatchining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lari, jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Omonatlarga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab boriladi.

Muhim jihati shundaki, mijozning moliyaviy manfaatdorligiga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Xususan, omonatchining 12 oydan ortiq saqlangan omonatini muddatidan oldin qaytarib olishi talab qilinganda, omonat saqlangan davrga, shartnomada belgilangan yillik foiz to‘lovining 75 foizi miqdorida foiz to‘lab beriladi.

- “Qishloq qurilish bank”i omonatlariga 10 yildan beri o‘z mablag‘imni qo‘yaman, - deydi Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro Shoira Turoboyeva. - Avvallari omonat qo‘ygandan so‘ng mablag‘imiz bilan bog‘liq to‘lovlarni, ya’ni omonat foizlarini bilish uchun bankka borar edik. Hozir esa uyda turib uyali telefoningiz orqali buni bilish, kuzatib borish va boshqarish imkoniyati yaratilgan. “SMS-xabarnoma” orqali ma’lumot kelib turadi. “Depozit-banking” ilovasi orqali omonatga kelib tushgan foiz mablag‘lari hisobidan boshqa to‘lovlarni ham bajarishingiz mumkin. Ayniqsa, filiallarda joriy qilingan “Barmoq izi” tizimi ishonchimizni oshiradi. Ushbu bank daromadlarim ko‘payishiga yordam bermoqda.

Ma’lumot uchun, ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2019 yil 1 yanvar holatiga 23 tadan ortiq omonat turlariga mablag‘lar jalb qilinmoqda. Shu davrga bankning jami omonatchilari soni 98 840 nafarni va ularning bankdagi qo‘yilmalari (uy-joy mablag‘larisiz) 481,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

“Qishloq  qurilish  bank”  - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

BRB
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi