Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Omonatlardan endi yanada koʼproq daromad olish mumkin!

11.06.2019

Xizmatlar ommabopligini yanada oshirish orqali aholining boʼsh pul mablagʼlarini bankdagi muddatli va jamgʼarmali omonatlarga jalb qilishni ragʼbatlantirish, aholiga yangi qulayliklar yaratish maqsadida АTB “Qishloq qurilish bank” aholiga qator omonat turlarini joriy etdi.

photo_2019-06-12_18-01-59.jpg

Xususan, milliy valyutada jamgʼarilib boriluvchi “Farovon”, muddatli “Baraka”, xorijiy valyutadamuddatli “Ideal” va jamgʼarmali “Standart” nomli omonatlar bank amaliyotiga kiritilib, ushbu omonatlar bank va omonatchilar manfaatlarining uygʼunligini taʼminlab, oʼzining qulay shartlari, jozibadorligi bilan ajralib turadi.

“Baraka” milliy valyutadagi muddatli omonatiga 1-3 oy muddatga yillik 15%, 4-6 oy muddatga yillik 16%, 7-9 oy muddatga yillik 17%, 10-12 oy muddatga yillik 18%, 13-18 oy muddatga yillik 20%, 19-25 oy muddatga yillik 21% toʼlov amalga oshiriladi. Omonat muddatidan oldin qaytarib olinganda uning haqiqatda saqlangan muddatiga muvofiq foiz toʼlovlar amalga oshiriladi.

Omonatga mablagʼlar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda jismoniy shaxslarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pul mablagʼlari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablagʼlari hisobidan qabul qilinadi.Hisoblangan foiz toʼlovlar har oyda amalga oshiriladi. Omonatga hisoblangan foiz toʼlovlar uning manbasidan qatьiy nazar omonatchi talabiga koʼra naqd pulda berilishi mumkin.

“Farovon” milliy valyutadagi jamgʼarmali omonatiga 1-3oy muddatgayillik 15%, 4-6 oy muddatga yillik 16%, 7-9 oy muddatga yillik 17%, 10-12 oy muddatga yillik 18%, 13-25 oy muddatga yillik 19% toʼlov amalga oshiriladi. Dastlabki omonat summasi ustiga qoʼshimcha mablagʼlar kiritib borish imkoniyati mavjud. Hisoblangan foizlar oylik kapitalizatsiya qilinadi.

“Ideal” xorijiy valyutadagi muddatli omonatiga 1-6 oy muddatga yillik 2%, 7-13 oy muddatga yillik 3%, 14-24 oy muddatga yillik 4%, 25-36 oy muddatga yillik 6% toʼlov amalga oshiriladi. Omonatga mablagʼlar Yevro va АQSh dollarida naqd shaklda qabul qilinadi. Hisoblangan foiz toʼlovlar omonat muddati tugagandan soʼng mablagʼ egasining talabiga koʼrajoylashtirilgan xorijiy valyutada yoki Markaziy bankning amaldagi rasmiy kursi boʼyicha milliy valyuta - soʼmda toʼlab beriladi. Hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, yaʼni hisoblangan foizlarga qoʼshimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi.

“Standart” xorijiy valyutadagi jamgʼarmali omonatiga 1-6 oy muddatgayillik 2%, 7-13 oy muddatga yillik 3%, 14-24 oy muddatga yillik 4%, 25-36 oy muddatga yillik 6% toʼlov amalga oshiriladi. Omonatga mablagʼlar Yevro va АQSh dollarida naqd shaklda qabul qilinadi. Omonatchi dastlabki omonat summasi ustiga qoʼshimcha mablagʼlar kiritib borishi mumkin. Omonatga hisoblangan foizlar oylik kapitalizatsiya qilinadi.Omonatga joylashtirilgan mablagʼ mablagʼ joylashtirilgan xorijiy valyutadayoki Markaziy bankning amaldagi rasmiy kursi boʼyicha milliy valyuta- soʼmda qaytariladi.

Chakana xizmatlar bozorida faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bankka boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlash АTB “Qishloq qurilish bank”ning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bank mijozlarining omonat mablagʼlarini qonun talablariga muvofiq sir saqlanishini va omonatchining birinchi talabiga asosan qaytarilishini kafolatlaydi.

Maʼlumot uchun, 2019 yil 1 iyunь holatiga bank tizimida milliy va xorijiy valyutada jami 26turdagi omonatlar joriy qilingan boʼlib, omonatchilar soni 104 566 nafarni tashkil qilib, undagi mablagʼlar qoldigʼi 610,0 mlrd. soʼmdan ortdi.

“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi