Joriy yilning 1 aprelidan boshlab aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ning so'm plastik kartochkalariga ega mijozlari o'zlarining VISA xalqaro to'lov kartochkalariga chet el valyutasini onlayn rejimida konversiya qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Buning uchun bankning “QQB-mobile” mobil ilovasini yuklagan holda plastik kartochkani ro'yxatdan o'tkazish lozim bo'ladi.
Bugina emas. “QQB-mobile” mobil ilovasi yanada takomillashtirilmoqda. Tez orada mazkur mobil dastur orqali respublikaning barcha tijorat banklarining so'm plastik kartochkalarini ro'yxatdan o'tkazgan holda to'lovlarni amalga oshirish, turli masofaviy xizmatlardan foydalanish yo'lga qo'yiladi.
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida! Qo'shimcha ma'lumot uchun:
(+99871) 150-76-47, 150-93-39, www.qqb.uz
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Onlayn-konversiya”. Bu - endi mumkin!