"Men pul uchun ishlamayman! Pul men uchun ishlaydi!"
Robert Kiyosaki «Boy ota, kambag‘al ota»
Bugungi kunda, Siz xohlagan valyutada hamda qulay shartlarda uydan yoki ishxonangizdan chiqmagan holda omonat ochishingiz mumkin. Buning uchun bank kartasi hamda mobil ilova bo‘lishi lozim. Banklar onlayn-omonat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Bankning mobil ilovasi orqali boshqa bank kartasidan onlayn-omonat ochish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida bevosita mobil ilova, bankning rasmiy veb sayti yoki bank xodimlaridan bilsa bo‘ladi. Agar Siz qiziqayotgan bankda omonat ochish imkoniyati faqat mijozlarga taqdim etilsa, shunchaki bank kartasini ochib, unga pul mablag‘larini kiriting. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida banklar kartani masofaviy ochish xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Buning uchun shunchaki bankning veb sayti yoki mobil ilovasi yordamida ariza to‘ldirib, pasportingiz rasmini yuklasangiz bas.
Onlayn-omonatlarga, oddiy omonatlarga foizlar hisoblanganidek hisoblanadi hamda pul bank kartasiga yoki mobil ilovadagi elektron hamyonga o‘tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun Depozit kalkulyatoridan foydalanish lozim.
Bu borada banklar siyosati juda xilma-xildir – “oflayn” rejimda ochiladigan omonatlarni har doim ham “onlayn” tarzda ochish mumkin emas.
Onlayn-omonatlarni ochishda xotirjam bo‘lishingiz mumkin, chunki ular omonatning har qanday turi singari, miqdori va valyutasidan qat'iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq kafolatlanadi.
Onlayn-omonatlar va mobil ilovalardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, xizmat ko‘rsatuvchi bankning rasmiy veb saytida ko‘rsatilgan raqamlar orqali bog‘lanishingiz mumkin.
01.07.2025
Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
Onlayn-omonat nima va nimani bilish muhim?