JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

Onlayn xaridlarda pulingizni qanday himoya qilish mumkin

09.06.2025

Octobank firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun raqamli makonda o‘zingizni qanday himoya qilishingiz haqida so‘zlab beradi

Faqat ishonchli saytlardan xarid qiling

Qonuniy onlayn do‘konni qanday farqlash mumkin

1.    Sayt manzili http emas, balki https:// bilan boshlanadi — bu himoyalangan ulanishning asosiy ko‘rsatkichidir. 

2.    Saytda yuridik ma’lumotlar bo‘limi bo‘lib, unda STIR, manzil, yetkazib berish va qaytarish shartlari ko‘rsatilishi kerak. 

3.    Marketpleyslarning ilovalari va saytlarida «Tekshirilgan sotuvchi» yoki «Rasmiy do‘kon» belgilariga e’tibor bering bu sotuvchi marketpleysda tekshiruvdan o‘tganini anglatadi.

O‘zbekiston talablari

2025-yil mart oyidan boshlab O‘zbekistonda mahalliy yuridik shaxsga ega bo‘lmagan xalqaro savdo platformalari taqiqlandi. Masalan, mamlakatimizda Temu platformasiga kirish 2025 yil 20 martdan boshlab cheklangan edi, ammo marketpleys yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliq hisobiga qo‘yilganidan so‘ng, unga kirish imkoni tiklandi.

O’z ma’lumotlaringizni himoya qiling

1.    Telegram-botlar yoki shubhali jadvallarga karta ma’lumotlarini kiritmang. 

2.    Sayt manzilini tekshiring — https:// bilan boshlanishidan tashqari, sayt nomi ham xatosiz yozilgan bo’lishi kerak. Soxta sahifalar bir harf bilan farqlanishi mumkin, masalan, «о» harfi o‘rniga «0» raqami ishlatilgan bo‘lishi mumkin: shop o‘rniga sh0p.

3.    Noyob va murakkab parollardan foydalaning. 

Qarshingizdagi firibgar ekanligini qanday aniqlash mumkin

1.    Haddan tashqari katta chegirmalar. Masalan, yangi iPhone uchun 70% chegirma — bu, katta ehtimol bilan, tuzoq bo‘lishi mumkin. 

2.    G‘alati sayt manzillari. 

3.    Shaxsiy karta yoki telefon raqamiga pul o‘tkazishingizni so‘rash. 

Virtual kartalardan foydalaning

Asosiy karta ma’lumotlarini kiritish o‘rniga — virtual kartani rasmiylashtiring. Bu, ayniqsa muhim, agar siz:

  • tanilmagan platformada xarid qilganingizda;
  • sotuvchiga ishonch bo’lmaganda;
  • yechib olish mumkin bo‘lgan summani cheklamoqchi bo’lganingizda.

    

Misol: Octobank mijozi Sardor xorijiy do‘konda quloqchinlar uchun chegirmani ko’rib qoldi. U dollarda virtual Visa kartasini ochdi, buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirdi va asosiy kartasi ma’lumotlarini oshkor qilmadi.

Octobank virtual kartasi qanday imkoniyatlarni beradi:

  • bankka tashrif buyurmasdan, ilovada bir necha daqiqada rasmiylashtirish;
  • so‘m va dollarda to‘lash imkoniyati (Visa, Mastercard, Humo);
  • obunalar, bronlar, kontaktsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish;
  • amal qilish muddatini 3 oydan 2 yilgacha tanlash. 


Agar chet eldan buyurtma qilsangiz

1.    Sotuvchini reyting va sharhlar orqali tekshiring. 

2.    Kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan, imkon qadar mahalliy kuryerlik xizmati orqali yetkazib berishni tanlang. 

3.    Ortiqcha valyuta ayirboshlashlarsiz, dollardagi virtual kartalardan foydalaning. 

4.    Ehtiyot chorasi sifatida, posylka ochish jarayonini videoga oling — bu nizoli vaziyatlarda yordam beradi.

Qanday xavfsiz xarid qilish mumkin — qisqacha

Onlayn xarid qilish xavfsiz bo‘lishi mumkin — oddiy qoidalarga rioya qilsangiz:

  • odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmang;
  • virtual kartalardan foydalaning, ayniqsa xorijiy saytlar uchun;
  • havolalar, sotuvchilar va sayt manzilining to‘g‘riligini tekshiring;
  • barcha operatsiyalar va yetkazib berishni qayd etib boring;
  • nazorat organlari va bankka murojaat qilishdan tortinmang. 

Avvalroq Octobank — firibgarlar sun’iy intellektdan qanday foydalanayotgani, bolalar hamda keksalar bilan qanday aloqa o‘rnatib, ularni ishonchiga kirishga urinishayotgani, shuningdek, soxta (qalbaki) veb-saytlar orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qanday qo‘lga kiritayotganlari haqida so‘z yuritgan edi.
Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda

10.06.2025

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda

Qariyalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin? Octobankdan maslahatlar

03.06.2025

Qariyalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin? Octobankdan maslahatlar

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

30.05.2025

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi



Orphus tizimi