“Online kredit” – mikroqarz olish tartibi

23.04.2020
23.04.2020      Endi Siz istalgan paytda bankka kelmasdan hech qanday hujjatlarsiz “MKB mobile” ilovasi orqali skoring tahlili asosida “Online kredit” – mikroqarz olish imkoniga egasiz. Eʼtiborlisi, bu xizmat faqat MIKROKREDITBАNK ish haqi plastik kartochkasidan uzluksiz 4 oy davomida foydalanayotgan jismoniy shaxslarga ajratiladi. Eng asosiysi kredit olish uchun soatlab navbatda turishdan qutuling 10 daqiqa ichida oʼzingiz uchun kredit rasmiylashtiring.     Ishlatish tartibi:  Telefoningizga “MKB Mobile” mobil ilovasini yuklab olasiz; “MKB Mobile” ilovasiga kirib, “MENYu” moduli orqali “Kredit” yoʼnalishi tanlanadi; “Kredit” yoʼnalishidan “ Kredit axboroti” ustuniga kiriladi va “Online kredit - mikroqarz” orqali elektron tarzda mikroqarz ajratishga buyurtma joʼnatadi. Bunda, mijoz elektron Oferta shartnomasi bilan tanishib chiqadi va elektron imzolaydi  “Mening kreditlarim” qismiga kirib, karta tanlanadi va kerakli summa miqdori yozib plastik kartochkaga oʼtkaziladi.     - “Online kredit - mikroqarz” 3 oy muddatgacha beriladi;     - Mikroqarz foizi oylik 2 foizdan (yillik 24 foizdan);     - Mikroqarz summasi skoring tahlil asosida ish haqi boʼyicha ochilgan plastik kartasiga faqat oylik maoshi kirim boʼlgan summasining 50 foizi kredit toʼlov qobiliyati uchun qabul qilinadi va barcha mavjud kreditining bir oylik toʼlovlari chegirib tashlanadi. Bankka hujjat taqdim qilmasdan, mijoz tomonidan Oferta shartnomasi elektron tarzda tasdiqlanib ajratiladi. Muddati oʼtgan kredit qarzdorliklari bor mijozlarga ushbu kredit ajratilmaydi. Bunda, mijoz tomonidan kredit buyurtmasida berilgan summani plastik kartasiga yuklab oladi. Аgarda, mijoz “Online mikroqarz”dan foydalanib, muddati oʼtgan qarzdorligi 15 kun muddatdan oshgan taqdirda ushbu kreditdan qayta foydalana olmaydi. Shuningdek, kredit qarzdorligini qaytarishda elektron tarzda bankka bormasdan amalga oshiriladi.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi