25 fevral kuni Markaziy bankda Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi (IBYAD) doirasida makroiqtisodiy boshqaruv va moliya sohasini isloh qilish, bank tizimining normativ-huquqiy bazasini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida bank tizimini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, banklar bilan mavjud loyihalarni monitoring qilish va amalga oshirish, shuningdek, davlat banklarini xususiylashtirish va bu borada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Manba:www.cbu.uz
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv