2024-yilda pulni nimaga tiksa bo'ladi? Batafsil

Osiyo taraqqiyot banki va Asia Alliance Bank o‘rtasidi savdoni moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

20.04.2020

“Asia Alliance Bank” ATB O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining savdo amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Savdoni moliyalashtirish dasturiga qo‘shildi.

“Asia Alliance Bank” ATB yangi hamkorimizga aylanganidan juda xursandmiz, chunki biz aynan kichik va o‘rta biznesdagi savdo oqimini qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz”, – dedi OTBning O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha menejeri Nana xonim Kurodze. – Bizningcha, Savdoni moliyalashtirish dasturi bugungi kunda muxim ahamiyatga ega, ayniqsa xozirgi murakkab vaziyatda savdo ishtirokchilariga qo‘shimcha ishonch tuyg‘usini baxsh etadi.”

Xozirga qadar OTBning mazkur Dasturiga O‘zbekistondagi oltita bank qo‘shilgan. 2019-yil mobaynida dastur mamlakatda jami 1.44 milliard AQSH dollari miqdoridagi 530 dan ortiq savdo amaliyotlarini moliyalashtirdi.

“Asia Alliance Bank” ATB uchun Osiyo taraqqiyot bankining Savdoni moliyalashtirish dasturiga qo‘shilishi sharaf, chunki bu bizga xususiy sektorning moliyaviy ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan savdo amaliyotlarini rag‘batlantirish borasidagi imkoniyatlarimizni kengaytiradi”, – dedi bank Boshqaruvi Raisi, Ikrom Abdukaxorov. – Mazkur hamkorlik yordamida biz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga mahalliy tadbirkorlarning manfaatlarini ilgari surish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali o‘z xissamizni qo‘shmoqchimiz.

OTBning “AAA” kredit reytingi bilan tasdiqlangan Savdoni moliyalashtirish dasturi 200 dan ziyod hamkor-banklarga savdoni moliyalashtirish uchun kafolat va kreditlar ajratadi. Bu butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yana-da ko‘proq kompaniyalar tomonidan import-eksport faoliyatlarini amalga oshirish imkonini yaratadi. 2009-yildan buyon ushbu dastur doirasida 20 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlarining jami 41 milliard AQSH dollariga teng xom ashyo va ishlab chiqarish vositalaridan tortib, tibbiyot yo‘nalishi mahsulotlari va isteʼmol mollarigacha bo‘lgan turli tarmoqlardagi savdo amaliyotlari moliyalashtirildi.

Ushbu dastur moliyaviy ko‘mak berishdan tashqari, intellektual mahsulotlar hisobiga ham kengayib bormoqda.  Jumladan, savdoni moliyalashtirish bilan bog‘liq tadqiqotlar, bank sektorida xotin-qizlar rolini oshirish bo‘yicha tashabbuslar, ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi intilishlar va global moliyaviy tizimda shaffoflikni orttirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tashabbuslar shular jumlasidandir.

Shuningdek, dastur doirasida, moliya va savdo masalalariga oid bilim va tajribani oshirish, tavakkalchilik va xatarlarni boshqarish hamda firibgarlikning oldini olishga qaratilgan seminarlar, treninglar tashkil etilmoqda.

“Asia Alliance Bank” ATB 2009-yildan buyon o‘z faoliyatni muntazam ravishda kengaytirib, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, bank sektoridagi yetakchi o‘rnini saqlash va yuqori reyting ko‘rsatkichlarini yana-da oshirish borasida oldiga qo‘ygan maqsadlariga muvoffaqiyatli erishib kelmoqda. Filial tarmoqlarini rivojlantirish, axoliga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirib borish, yetakchi xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini kengaytirish, shuningdek o‘z mavqeini yana-da oshirish bankning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.

1966-yilda tashkil etilgan OTB aksionerlari 68 davlat vakillaridir. Osiyo-Tinch okeanining 49 mamlakati ushbu bank bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Asia Alliance Bank “ASIA ALLIANCE BANK” O‘zbekiston Respublikasining yosh va jadallik bilan rivojlanib borayotgan bankidir. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan, 2009 yilning 15 avgustida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan, 79-sonli Litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
O'xshash yangiliklar
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi
Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

01.04.2024

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

Uzsanoatqurulishbank



Orphus tizimi