Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Yingming Yang boshchiligidagi delegatsiya Xalq banki Xorazm viloyati mintaqaviy markaziga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a'zolari “Moliyaviy ommaboplik” inkluziv banking loyihasi mijozlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Osiyo taraqqiyot banki va Xalq banki hamkorligida ishlab chiqilgan ushbu dasturda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib biznesini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar qo‘llab-quvvatlanadi.
Loyiha doirasida joriy qilingan “Moliyaviy ommabop” krediti 3 yilgacha muddatga 50 mln so‘mgacha garovsiz ajratiladi. Kredit mijoz xohishiga ko‘ra naqd shaklda ham ajratiladi.
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Xalq bankidagi loyihalar samarasi bilan tanishdi