AТ “Aloqabank” o’z mijozlariga yangi xizmat – Overdraft kreditini taklif etadi. Bank tomonidan doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarga milliy valyutadagi bank plastik kartalari orqali overdraft krediti berish yo’lga qo’yildi.
Overdraft krediti - bank plastik kartasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartasi hisobvarag’idagi qoldiq mablag’idan ortiq miqdordagi mablag’ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shaklidir.
Ushbu kredit milliy valyutada, o’rtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha, lekin eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmagan summada, 12 oy muddatga ajratilib, ish haqi loyihasi doirasida emissiya qilingan AТ “Aloqabank” plastik kartasi orqali beriladi.
Overdraft olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- overdraft olish uchun ariza-buyurtmanoma;
- pasport nusxasi;
- oxirgi 12 oy uchun daromadlar summasi ko’rsatilgan ma’lumotnoma (ma’lumotnomada lavozimi ko’rsatilgan bo’lib, korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan bo’lishi lozim);
- ta’minot hujjatlari.
Overdraft quyidagi ta’minot turlari asosida taqdim etiladi:
- Korporativ mijozlarning xodimlari uchun - bank bilan tuzilgan Bosh bitim doirasida qarz oluvchi ishlaydigan tashkilot (ish beruvchi)ning yoki tashkilotda ishlovchi xodimning kafilligi
- Boshqa mijozlarning xodimlari uchun – likvidli mol-mulk garovi, depozit garovi.
Batafsil ma’lumot uchun bank filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.
07.07.2025
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi
03.07.2025
SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda
03.07.2025
SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
Overdraft xizmatidan foydalaning!