Paynet 2025-yilning 1-choragi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi

30.04.2025
O‘zbekistonning yetakchi elektron to‘lov xizmatlaridan biri -  Paynet 2025-yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha o‘z faoliyati natijalarini taqdim etdi. Kompaniya asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish qayd etib, raqamli to‘lov xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishini davom etmoqda.
Hisobotga ko‘ra, 2025-yil boshidan 31 trillion so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

Kompaniyaning tushumi 388 milliard so‘mni, sof foydasi esa 108 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu natijalar o‘tgan yilga nisbatan 70% ko‘p, shuningdek, kompaniya ichki rejasidan ham 57% yuqori.
Bundan tashqari, Paynet foyda solig‘i sifatida davlat byudjetiga 19 milliard so‘m to‘lagan, bu ham o‘tgan yilga qaraganda 57% ko‘proq.

Paynet bozorda 20 yildan beri faoliyat yuritadi va foydalanuvchilarga naqd hamda elektron to‘lov xizmatlarini taklif qiladi. 2024-yil aprel oyida kompaniya xususiylashtirildi, 2025-yil yanvar oyida esa HUMO to‘lov tizimini 65 million dollarga sotib oldi.

jdVBJg17161882873562_l.jpg

Bugungi kunga kelib, Paynet xizmatlaridan 23 million foydalanuvchi foydalanadi, mobil ilovaning faol foydalanuvchilari esa 2,7 millionga yetgan.

Shuningdek, kompaniya to‘lovlarni qabul qilish nuqtalarini kengaytirishda davom etmoqda — ular soni 28 mingtaga yetdi, jumladan, agentlik punktlari va infokiosklar.

Paynet Bosh direktori Anvar Isamuhamedov quyidagicha izoh berdi:

"Bu natijalar bizning strategiyamiz to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini ko‘rsatmoqda. Biz texnologiyalarga, xizmatlar sifatini oshirishga va mijozlarga qulaylik yaratishga doimiy sarmoya kiritmoqdamiz. Natijalar bizning jamoamiz va mijozlarimiz ishonchining natijasidir". Biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz

Paynet kelgusida foydalanuvchilar sonini yanada oshirish, xizmatlar turini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilashni rejalashtirmoqda.
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi