Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi

02.05.2025
Paynet hodimlari London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Innovate Finance Global Summit (IFGS) 2025 — UK FinTech Week doirasidagi asosiy tadbirda ishtirok etdishdi. Sammitda 70 dan ortiq davlatdan kelgan 1500 dan ziyod ishtirokchi to‘plandi: startaplarddan va investorlar, vazirlar hamda dunyodagi eng yirik fintech kompaniyalari vakillarigacha.

Paynet uchun ushbu sammitda ishtirok etish mantiqiy qadam bo‘lib, global tendensiyalarni kuzatish, yangi hamkorliklar o‘rnatish va mamlakatimizdagi fintech muhitiga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion g‘oyalardan ilhom olish imkonini berdi.

962553784 (1).jpg

IFGS — bu fintech sanoatidagi eng dolzarb muammolar va imkoniyatlar muhokama qilinadigan nufuzli xalqaro platforma. Bu yerda kelajakka oid masalalar ko‘tariladi: qaysi texnologiyalar global standartga aylanishi, qanday tartibga solishlar kutilayotgani va yaqin yillarda mijoz qanday bo‘lishi mumkinligi muhokama qilinadi.

962553787.jpg

Sammitda global fintech sohasi kelajagini belgilovchi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida sun’iy intellektni qo‘llashni, risklarni boshqarish va firibgarlikka qarshi kurashish, raqamli aktivlarning kelajagi va ularni tartibga solish masalalari,  smart-ma’lumotlarning moliyaviy xizmatlarni shaxsiylashtirishdagi ahamiyati, shuningdek, ochiq bank xizmatlarini yanada shaffof va qulay raqamli ekotizimlar yaratish uchun asos sifatida rivojlantirish muhokama qilinadi. Ushbu yo‘nalishlar ko‘plab panel sessiyalarining markaziy mavzusi bo‘lib, sammit kun tartibini belgilab berdi. Paynet xodimlari Buyuk Britaniya, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodagi fintex vakillari bilan tajriba almashib, yangi aloqalar o‘rnatdilar. Ayniqsa, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha tajribalar hamda raqamli ekotizimlar arxitekturasi yuzasidan muhokamalar katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday xalqaro tajribalar Paynet kompaniyasiga O‘zbekistonda ilg‘or dunyo amaliyotlarini moslashtirish va joriy etish imkonini beradi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi



Orphus tizimi