Pensiya pulini olish shaklini pensionerlarning o‘zlari belgilaydi

16.02.2017



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stinpendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha turdagi pensiyalar mamlakatimiz hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda berilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga amaldagi qonunchilikka muvofiq mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazish ixtiyoriy ravishda fuqarolarning Byudjetdan tashqari pensiya fondi bo‘limlariga topshirgan arizalariga binoan ko‘chiriladi. Shundan so‘ng Byudjetdan tashqari pensiya fondi bo‘limi fuqaroning arizasida ko‘rsatilgan mablag‘larni bankka o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 354-moddasiga asosan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnomalar tuzishda mustaqildirlar.

Binobarin, pensiya pullarining to‘liq yoki bir qismini plastik kartaga o‘tkazish uchun fuqaro Byudjetdan tashqari pensiya fondining o‘zi istiqomat qilayotgan tumandagi bo‘limiga murojaat qilishi lozim.

 

www.cbu.uz

 


BRB
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi