JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Plastik kartalar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 40 foizga oshdi

17.08.2014

Ma'lumki, pul muomalasi pullarning naqd va naqdsiz ko'rinishdagi harakati bo'lib, muomala va to'lov vositasi vazifasini bajarib,  tovar va xizmatlar aylanmasini o'z ichiga oladi. Iqtisodiy jarayonlarda naqd pul aylanmasi naqdsiz pul aylanmasiga nisbatan kam bo'lsa-da, uni tashkil etish, kassa operatsiyalari, chiqarish va tashish ancha  mehnat va vaqtni talab etadi. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa  bu yo'nalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi.

Milliy matbuot markazida Respublika Markaziy banki tomonidan pul muomalasini takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ta'kidlanganidek, ayni paytda barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan plastik kartochkalar bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshiriladigan Banklararo to'lov tizimi faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, mikroprotsessorli plastik kartochkalar va to'lov terminallarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.  Bu tizim xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida hamda milliy va xalqaro hisob-kitoblarni aniq vaqtda amalga oshirish, pul-kredit siyosatini samarali yuritish, pul oqimini boshqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmokda.  Eng muhimi bank-moliya bozori barqarorligi ta'minlanmoqda.

Bank plastik kartalaridan foydalanishning bir qator afzalliklari mavjud. U  plastik egalarini  yirik miqdorda naqd pul olib yurishdan xalos etish  barobarida,  vaqtlarini ham  tejaydi. Qolaversa,  mijozlar bank kartochka hisobvarag'ida turgan pullardan foiz ko'rinishida daromad olishlari mumkin. Bu soliqqa tortilmaydigan qo'shimcha daromad  sanaladi.

- Plastik kartalar tizimining rivojlantirilishi chakana savdo, pullik xizmat ko'rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalariga  qog'oz pullarni sanash, saqlash, tashish kabi kassa xizmati xarajatlarini hamda ularga sarflanadigan vaqtni tejashiga sharoit yaratdi, - deydi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori o'rinbosari  Nazirjon Safarov. -  Shuningdek, korxonalarning hisobvaraqlariga pul mablag'lari o'tkazilishi tezkorligi hisobiga savdo aylanmasi o'sdi. Bu bilan hisob-kitoblarning sog'lom mexanizmi shakllanib, pul mablag'lari aylanishini nazorat qilib borish evaziga pul-kredit tizimini yuritish samaradorligi oshdi va pul massasini boshqarish, muomaladagi naqd pul umumiy massasini maqbul me'yorda saqlab turishga olib keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra,   bugun respublikamiz bo'yicha 12,4 mln. donadan ortiq plastik karta muomalaga chiqarilgan. Savdo va xizmat ko'rsatish obyektlariga 149 mingdan ortiq  to'lov terminallari o'rnatilgan. Plastik kartalar vositasida ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lami va infrastrukturasining kengayishi tranzaksiyalar hajmida ham aks etmoqda.  Xususan,  shu yilning 6 oyi mobaynida  plastika kartalar orqali  tranzaksiyalar hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foiz ko'p bo'ldi.

Anjumanda  e'tirof etilganidek,  bank amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi  Internet va mobil telefondan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi paytda 57,5 mingdan ortiq mijoz internet-banking, salkam 363 ming mijoz mobil-banking xizmatidan foydalanmoqda.

Bugungi kunda jahonning yirik savdo kompaniyalari an'anaviy savdo usullaridan foydalanish bilan birga elektron tijoratdan ham keng foydalanmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizi xaridlarni internet tarmog'i orqali amalga oshirmoqda va bu raqam kundan-kunga o'sib bormoqda. O'zbekistonda ham  "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat  respublikada elektron tijoratni yanada rivojlantirish va rag'batlantirishni ko'zda tutadi. Shu bilan birga, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda qo'shimcha sharoitlar  yaratadi va   texnologik bozor infrastrukturasini shakllantiradi. 

Matbuot anjumanida  bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimini yanada yaxshilash  bo'yicha amalga oshirilayotgan yana boshqa loyihalar xususida ham jurnalistlarga  batafsil ma'lumot berildi.

O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

12.06.2025

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda

10.06.2025

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda



Orphus tizimi