Plastik kartalar ortiq "o'z" filiallariga bog'liq bo’lmaydi

18.07.2020
2019-yilning aprel oyiga qadar chiqarilgan Uzcard plastik kartalari avtomatik ravishda ular ochilgan filialga bog'langan edi. Bu mijozlar uchun noqulayliklar tug'dirardi - har safar hisob ma'lumotnomasini olish, kartani to'ldirish, qayta chiqarish yoki yopish kerak bo'lganda, faqatgina o’sha plastik kartaning “o’z" filialiga borishga to’g’ri kelardi. Endi ushbu muammolarni texnik ishlardan so'ng darhol “Kapitalbank”ning istalgan filialida hal qilish mumkin. 18-iyundan boshlab 20 kun ichida biz asta-sekin plastik kartalarni "o’z" filiallaridan "yagona" maydonga "migratsiya" qilishni amalga oshiramiz. Siz kartani qaysi filialda ochganingiz muhim bo’lmay qoladi - xizmat ko’rsatish “Kapitalbank”ning istalgan filialida amalga oshiriladi. Migratsiya 2018-yil boshlari va 2019-yil oxiri o'rtasida chiqarilgan ish haqi plastik kartalariga taalluqli. Migratsiyadan so'ng Apelsin ilovasidagi mijozning holati "Anonim" dan "Identifikatsiyalangan" ga o'zgaradi, bu esa ilovaning to'liq imkoniyatlarini ochib beradi. Xavotir olmang, chunki o'rtacha hisobda jarayon bir necha soat vaqtni oladi va ish kechasi amalga oshiriladi. Kamdan-kam hollarda ko'proq vaqt talab qilinishi mumkin. Bank xodimlari hammasini imkon qadar sezilarsiz tarzda amalga oshirishga harakat qilishadi. Noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz. Migratsiya jadvali: 18.07.2020 - Sergeli filiali (01042); 19.07.2020 - TShF filiali (00445); 20.07.2020 - migratsiya bo'lmaydi; 21.07.2020 - Buxoro filiali (01082) 22.07.2020 - Yashnabod filiali (01136) 23.07.2020 - Nukus filiali (01038) 24.07.2020 - Chorsu filiali (01033) 25.07.2020 - OPERB filiali 26.07.2020 - MUF filiali
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi