Plastik kartalar ortiq "o'z" filiallariga bog'liq bo’lmaydi

19.06.2020
2019-yilning aprel oyiga qadar chiqarilgan Uzcard plastik kartalari avtomatik ravishda ular ochilgan filialga bog'langan edi. Bu mijozlar uchun noqulayliklar tug'dirardi - har safar hisob ma'lumotnomasini olish, kartani to'ldirish, qayta chiqarish yoki yopish kerak bo'lganda, faqatgina o’sha plastik kartaning “o’z" filialiga borishga to’g’ri kelardi. Endi ushbu muammolarni texnik ishlardan so'ng darhol “Kapitalbank”ning istalgan filialida hal qilish mumkin. 18-iyundan boshlab 20 kun ichida biz asta-sekin plastik kartalarni "o’z" filiallaridan "yagona" maydonga "migratsiya" qilishni amalga oshiramiz. Siz kartani qaysi filialda ochganingiz muhim bo’lmay qoladi - xizmat ko’rsatish “Kapitalbank”ning istalgan filialida amalga oshiriladi. Migratsiya 2018-yil boshlari va 2019-yil oxiri o'rtasida chiqarilgan ish haqi plastik kartalariga taalluqli. Migratsiyadan so'ng Apelsin ilovasidagi mijozning holati "Anonim" dan "Identifikatsiyalangan" ga o'zgaradi, bu esa ilovaning to'liq imkoniyatlarini ochib beradi. Ushbu 20 kun davomida plastik kartalar faoliyatida sezilarsiz uzilishlar kuzatilishi mumkin. Ammo tashvishlanmang: jarayon o'rtacha,bir necha soat davom etadi,bu ishlar kechasi amalga oshiriladi. Ko'pgina hollarda, migratsiya umuman sezilarsiz o’tadi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi