Plastik kartani onlayn rasmiylashtiring, biz esa kartalarni uyingizga yetkazib beramiz!

Karantin davrida plastik kartalar nafaqat masofaviy, balki xavfsiz to‘lov vositasi sifatida ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. 

Agar plastik kartangiz bo‘lmasa yoki uning amal qilish muddati tugay deb qolgan bo‘lsa, xafa bo‘lishga hojat yo‘q.
Hamkorbank onlayn tarzda rasmiylatirilgan plastik kartalarni yetkazib berish xizmatini joriy etdi.

Veb sayt orqali onlayn ariza yuboring, bank esa tayyor plastik kartangizni tez fursatlarda uyingizga yetkazib beradi.

Kartalarni yetkazib berish Toshkent shahri va yurtimizning “Hamkorbank” ATB filiallari mavjud barcha viloyat markazlari bo‘ylab amalga oshiriladi. Yetkazib berish - BEPUL. 

Onlayn arizalarni Hamkorbank tomonidan muomalaga chiqarilayotgan barcha turdagi plastik kartalarni rasmiylashtirish uchun yuborish mumkin.

Plastik karta turlari va shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni havola orqali bilib olish mumkin.

Endi plastik karta rasmiylashtirish uchun uydan chiqib, bank ofisiga borish shart emas. Onlayn ariza yuboring, biz esa kartani uyingiz eshigigacha olib borib beramiz.


 Hamkorbank barchangizga salomatlik tilaydi, o‘zingizni ehtiyot qiling!
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi