Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi.
Ushbu o‘zgarish va qo‘shimchalar mamlakatimiz Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori va “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida qabul qilindi. Joriy etilgan tarif rejasiga ko‘ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov terminallari uchun to‘laydigan ijara haqi ilgari mos ravishda 5 va 2,5 evrogacha ekvivalentda o‘rnatilgan bo‘lsa, endilikda ular so‘mga o‘tkazilib, mos ravishda 25 ming va 15 ming so‘m etib belgilandi.
Ilgari jismoniy shaxslarga yo‘qotilgan yoki shikastlangan plastik kartochkalari o‘rniga yangisi berilganda 5 evro ekivalentigacha, yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlardan esa 10 evrocha ekvivalentda olinardi. Endilikda ayni xizmatlar uchun jismoniy shaxslardan 10 ming so‘mgacha, yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 15 ming so‘mgacha haq olish tavsiya etildi.
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor uchun korporativ plastik kartochkani emissiya qilishda tijorat banklari 5 evrogacha ekvivalentda olishardi. Yangi tavsiyalarga muvofiq bu xizmat turiga o‘rnatilgan tarif 15 ming so‘m etib belgilandi.
Jismoniy shaxslar plastik kartochkalarini (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar)ni emissiya qilish, plastik kartochkalarni blokirovka (shu jumladan, “stop-list”ga) qo‘yish va chiqarish kabi xizmatlar bepul ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Tijorat banklari plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi xizmatlarni amaliyotga tadbiq etish borasidagi ishlari izchil davom ettiriladi.
Manba:www.cbu.uz
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
25.10.2024
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi
24.10.2024
Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar
Plastik kartochkalar bo‘yicha tariflar rejasi yangilandi