Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

PLASTIK KARTOCHKALARDAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK

21.10.2015


ATB “Qishloq qurilish bank”ning Avtomatlashtirilgan bank tizimi va Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi o‘rtasida elektron ma’lumot almashuv tizimi sinovdan o‘tazildi va amaliyotga joriy qilindi. 

 Bankning Integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi (IABS) dasturida “Pensiya” dasturiy majmuasidan yuborilgan “elektron qaydnoma”larni qabul qilish va qayta ishlash avtomatlashtirildi. Ushbu tizim orqali plastik kartochkalar hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pensiya va ijtimoiy nafaqalar shifrlangan fayl shaklida bankka yuboriladi va bankda xodim aralashuvisiz avtomat ravishda qayta ishlanadi. Bu pensiya va ijtimoiy nafaqalarni eng qisqa muddatlarda plastik kartochkalar hisobvaraqlariga o‘tkazilishini ta’minlash bilan birgalikda, ularni o‘tkazish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishini oldini oladi.

 Ta’kidlash joizki,  ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi «Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1325-sonli qarorini bajarilishini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muomaladagi bank plastik kartochkalarining umumiy soni 430 000 tadan oshdi. Bank xizmati, savdo va pullik xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida o‘rnatilgan terminallar soni 8727 tani tashkil etdi. Ushbu savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga o‘rnatilgan terminallar orqali 2015 yilning o‘tgan davri davomida 1,2 trln. so‘mlik tranzaksiyalar amalga oshirildi. Joriy yilda bank tomonidan mijozlarga  80 000 dona plastik kartochkalar va 1450 dona terminallar etkazib berildi.  Ushbu tizimini yanada kengaytirish maqsadida reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yil oxirigacha 2500 dona terminallar, 250 000 dona plastik kartochkalar, 100 dona infokiosk va bankomatlar keltirish va joylashtirish rejalashtirilgan.

 Bugungi kunda, bankning “UZKART-EMV” to‘lov tizimidagi faoliyatini yanada takomlashtirish,  terminallar tarmog‘ini kengaytirish, “on-line” rejimida ishlovchi “Smart-vista” kartochkalarini muomalaga kiritilishini jadallashtirish, ular orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida doimiy ish olib borilmoqda. Jumladan, bank plastik kartochkalaridan foydalanuvchilari «SMS-banking», «Internet-banking» kabi xizmatlaridan foydalanib kelmoqdalar.

 

Bank axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi