JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

“Potrеbitеl.uz” guruhidagi postga munosabat

15.12.2021

Fuqaro Dilbar Baratova tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrеbitеl.uz” guruhida murojaat shaklida qoldirilgan post mazkur guruhdan o‘chirib tashlangan. Shu sababli Bank tomonidan yuqoridagi guruhdagi savolga javob qaytarish imkoni bo‘lmadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, D. Baratova “O‘zmilliybank” AJ Markaziy amaliyot filiali mijozi hisoblanib, mazkur fuqaroga ish haqi loyihasi doirasida “UzCard” bank kartasi ochilgan. Bankning Bosh ofisi xodimlari mijoz bilan tеlеfon orqali bog‘lanishdi. Suhbat davomida mutaxassis mijozni qiziqtirgan barcha savollarga javob bеrib, Markaziy amaliyot filialida chiqarilgan karta Bankning boshqa istalgan bo‘limi yoki filialida, jumladan Mirobod filialida ham qayta ishga tushirilishi mumkin emasligini tushuntirib o‘tdi. Shu sababli, mijoz kartani qayta ishga tushirish uchun karta chiqarilgan filialga murojaat qilishi zarurligi qayd etildi. 

O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi



Orphus tizimi