O'zbekistonda pulli parkovka narxi boshqa davlatlardan qimmatmi? Batafsil

Poytaxtimizda IV Toshkent xalqaro bank forumi bo’lib o’tdi.

01.12.2015


Shu yilning 25-29 noyabr kunlari poytaxtimizda “O'zbekiston Respublikasi bank tizimi: holat, tendensiya, yangi chaqiruv va yechimlar”   mavzuida  IV Toshkent xalqaro  bank forumi o’tkazildi.

Tadbirni - «SAIPRO Axborot–reyting agentligi» O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ko'magida  tashkillashtirdi.

Forum maqsadi   - xalqaro bank  tizimi holati, uni  rivojlantirishning muammo va  ustuvor vazifalari, zamonaviy bank tizimi va moliya xizmatlarini rivojlantirish tendensiyalarini   muhokama etish; O'zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari  bilan tanishish va xorij sarmoyalarini xalb qilishda  mahalliy tijorat banklari  ishtirokini ta'minlash; shuningdek mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish; xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank- moliya  bozori ishtirokchilari  o'rtasida tajriba almashish;  milliy va chet ellik  bank sohasi vakillari, qolaversa  bank tizimi infrtuzilmasi  vakillari  o'rtasida  aloqalarni yo'lga qo'yish va  mustahkamlashdan iboratdir.

Forum ishida dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlaridan  vazirlik va idoralar, banklar, auditorlik va moliya tashkilotlari, OTM, xalqaro reyting agentliklarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

            Toshkent xalqaro bank forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi hamkorligida  tijorat banklariga   reyting berish masalalariga bag'ishlangan  an'anaviy yillik konferensiya  o'tkazildi.

 Shuningdek, forum doirasida  mustaqil auditorlik va konsultativ firlamalarni  birlashtirgan   yirik kompaniya - Grant Thornton  tomonidan «Korporativ boshqaruv: amaliyot va tajriba» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.    

            Forumda ATB «Qishloq qurilish bank»ning rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

 

Ахbоrоt «www.uzreport.uz» saytining materiallari asosida tayyorlandi. 


BRB
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi