JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Poytaxtimizda O‘zsanoatqurilishbankning maxsus bo‘limi ochildi

09.09.2019
Poytaxtimizda O‘zsanoatqurilishbankning maxsus bo‘limi ochildi2019-yil 7-sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek filiali qoshida maxsus bo‘lim ishga tushdi. Prezidentimiz tomonidan bank-moliya tizimini rasmiyatchilik bilan, yuzaki isloh qilish amaliyotiga chek qo‘yib, tizimni zamonaviy uslublar asosida ishlaydigan sohaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasidan andoza olib, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy xizmat turlarini kengaytirish hamda amaldagi xizmatlarni soddalashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan. O‘zsanoatqurilishbank tizimida ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada bank mijozlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sonini, shuningdek, qulayligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bankning Mirzo Ulug‘bek filiali qoshida tashkil etilgan maxsus bo‘lim bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir. O‘zbekistonda birinchi marta ish boshlayotgan ushbu yangi tuzilmada har bir mijozga individual ravishda xizmat ko‘rsatiladi. Bank tizimining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega xodimlar mijozlar bilan kechayu kunduz aloqada bo‘ladi. Bo‘limda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan xizmatlar majmuasi maxsus xizmatlar paketi sifatida taklif etiladi. “SQB Elite”, “Visa platinum”, “Lifestyle management” hamda jamg‘arma va kreditlash bo‘yicha yechimlar dasturi shular jumlasidandir. Bunda birgina “Visa platinum” plastik kartasi foydalanuvchilariga nafaqat yurtimizda, balki dunyoning istalgan nuqtasida qator imtiyozlar taqdim etiladi. Depozit yacheykalardan foydalanish, onlayn xaridlarni amalga oshirishda maxsus chegirmalar, sayohat qiluvchilarga xalqaro darajada tibbiy yordam va axborot xizmati, aeroportda kutib olish va kuzatib qo‘yish kabi xizmatlar ham mazkur xizmatlar majmuasidan o‘rin olgan. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi