Poytaxtimizdagi Mirobod bozoriga bankomat o‘rnatildi
Poytaxtimizdagi Mirobod dehqon bozori hududida joriy yilning 14 avgust kunidan sinov tariqasida naqd pul olish imkonini beruvchi tegishli dasturlar o‘rnatilgan bankomat ishga tushirildi.
Endilikda mazkur bankomat orqali bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming so‘mgacha bo‘lgan naqd pul yechib olinishi mumkin bo‘ladi. Bankomatga 1 000, 5 000 va 10 000 so‘mlik kupyuralar joylashtirilgan. Plastik kartadan naqd pul yechib olish jarayoni uchun taxminan 1,5-2 daqiqa sarflanadi.
Yuqoridagi bank xizmati uchun plastik karta egasidan komissiya to‘lovlari undirilmaydi. Bankomatlar Uzcard tizimiga ulangan istalgan bank plastik kartasini qabul qiladi.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Poytaxtimizdagi Mirobod bozoriga bankomat o‘rnatildi