O'zbekiston banklarining eng yaxshi mobil ilovalari reytingi e'lon qilindi. Batafsil

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak

12.01.2021

O‘zbekistonda aksariyat ota-onalar, ayniqsa bolalar haqida gap ketganda, moliyaviy savodxonlikning inson hayotidagi ahamiyatiga yetarlicha e'tibor bermaydilar. Farzandini pulga bo‘lgan munosabatini noto‘g‘ri shakllanishidan qo‘rqqan ota-onalar, ularning moliya to‘g‘risidagi bilimlarini minimal darajaga tushirib ikkita mutloq farqli tushuncha: “G‘amxo‘rlik” va” “moliyaviy savodxonlik”ni adashtirayotganliklarini sezmaydilar.

Darhaqiqat, bolalar maktabga borishlari, matematika, fizika, tarix kabi fanlaridan bilim olishlari va dunyoni o‘rganishlari kerak, biroq u yerda hayotiy muhim darslardan biri hisoblangan “pul bilan to‘g‘ri muomala qilish” kerakligi o‘rgatilmaydi. Axir ota-onalar bolalarini ma'lumotli tarbiyalashga harakat qilib, ularni real hayotga moliyaviy mustaqillikning asosiy vositasi bo‘lmish - moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni bermasdan turib tayyorlamoqda.

Bolalarni kelajakda moliyaviy mustaqil bo‘lishlari uchun ularga yoshliklaridan pul bilan qanday to‘g‘ri muomalada bo‘lish kerakligini o‘rgatish lozim. Bolalarni 4-5 yoshligidan boshlab ular bilan moliyaviy savodxonlik to‘g‘risida gaplashish mumkin va zarur. Sabab, bu yoshda bolalarda o‘zlarini o‘rab turgan barcha narsalar haqida juda ko‘p savollar paydo bo‘ladi.

1. Bolaga pul nima va u qaerdan olinishini tushuntirib berish kerak

Erta yoshdan boshlab bolalar pul narsa xarid qilish uchun kerakligini tushinib yetishadi. image001Biroq ular pullarni qaerdan olinishini va ular qanday qilib ota-onalarining cho‘ntaklarida paydo bo‘lishini bilishmaydi. Pulning miqdori cheksiz emasligi va pulga ega bo‘lish uchun odam ishlashi kerakligi haqida bolaga tushuncha berish kerkak.

Bolaga qadimda odamlar pul va pul tushunchasi paydo bo‘lishdan avval qanday qilib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirganliklarini hikoya qilib bersa bo‘ladi. Ularga barter (tovar almashinuvi) nima ekanligini tushuntiring. Masalan, oldinlari bir nechta tuxumni nonga almashtirish mumkin bo‘lgan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ayrim sabablarga ko‘ra tovarlar almashuvi qiyinlashdi:

  • Hamma narsani ham, vazni sababli osongina ko‘tarib yurib bo‘lmasdi;
  • Ba'zi mahsulotlarning sifati vaqt o‘tishi bilan yomonlashgan.

2. Bolani oila budjeti bilan tanishtirish kerak

Bolalarda tez-tez biror narsani sotib olish istagi paydo bo‘ladi. Shu sabab, bolani erta yoshdan boshlab, u ko‘p narsani tushuna oladigan darajaga yetganda, siz unga oilaviy budjet haqida gapirishni boshlashingiz zarur.

Bu yerda siz kommunal xizmatlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va hokazolar uchun qilinadigan majburiy xarajatlari haqida gapirishingiz mumkin. Buni mevalar yoki o‘yinchoq qismlari misolida amalga oshirsangiz bo‘ladi. Ota-onalar o‘z xarajatlarini daromadlariga qarab puxta rejalashtirishlarini va ular har doim ham u yoki bu narsani, juda qattiq xohlagan taqdirlarida ham xarid qila olmasliklari haqida gapirib berish kerak.

05

Oila budjetini rejalashtirish paytida ota-onalar bolaga qilinadigan xarajatlar, ya'ni: o‘yinchoq mashina yoki Lego o‘yinchoqlar to‘plamini xarid qilishni ham inobatga olishini tushuntirish kerak. Shunday qilib, keyingi safar oylik xarajatlar rejalashtirilganligi va ortiqcha xarid budjet miqdoridan oshib ketishiga olib kelgani sababli ota-onalar bolaga bu oy yangi o‘yinchoq olib beraolmasliklarini tushuntirishganlarida bola buni ancha muncha tushunadigan bo‘ladi.

Shuni ham yodda tutish kerakki, agar bolaning biror narsa sotib olish uchun qilgan har bir talabiga siz asabiy munosabat bildirsangiz, bunaqa narsalar juda ham qimmatli, unga olib berishning imkoni yo‘qligi haqida doimiy ravishda gapirsangiz bunday vaziyatda bolada pul doimo yetishmasligi va u eng katta qiymatga ega ekanligi haqidagi fikr shakllanadi. Qachonki bolalar o‘zlariga nimadur xarid qilishni istashganida ularga pul haqida gapiring.

3. Pulni oqilona sarflashni o‘rgatish

3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ota-onalar qo‘lbola kassa bilan "do‘kon" o‘yinini o‘ynashlari mumkin. Maxsulotni qo‘yib uning narxini qog‘ozchaga yozib qo‘ysangiz bo‘ldi. Bundan tashqari siz belgilangan miqdordagi pulni bolangizga berib unga ayrim xaridlarni mustaqil amalga oshirish imkonini berishingiz mumkin.

Qachonki farzandlaringiz bir oz ulg‘ayib 7 - 14 yosh oralig‘ida bo‘lishganda ular pulning xarid qobiliyatini ancha aniqroq tushuna oladilar (qaysi maxsulotni qanday summaga olish mumkin). Aynan o‘sha paytda siz turli xil do‘konlardagi bir turdagi mahsulotni har xil narxlardaligini muhokama qilib hamda nima uchun aynan shu mahsulotni tanlaganingizni tushuntirib berib siz farzandingizni iqtisodga o‘rgatishingiz mumkin.

003


Ушбу босқичдан сўнг, фарзандингиз пулни онгли равишда ишлатишни бошлайди ва сиз уни ёшлик чоғидан бошлаб ойлик ёки узоқроқ муддатга умумий оила бюджети режасини тузишга ўргатишингиз мумкин. Бюджет режаси тузилгандан сўнг, ота-оналар фарзандлари билан уларнинг бюджет режалари бир бирлариникига мос келганликларини муҳокама қилишлари мумкин.

Shuningdek, ota-onalar bolalariga qarz mavzusini ham o‘rgatishlari kerak, chunki ertami-kechmi bolangiz do‘stlaridan qarz olishni yoki qarz berishni xohlashi mumkin. Qarzlar yaqin odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzish xususiyatiga yega yekanligini va keyinchalik do‘stlar o‘rtasidagi yaxshi aloqalarni saqlab qolish uchun qanday qilib ular qarz so‘raganda to‘g‘ri rad javobini berish kerak ekanligini ham tushuntirish kerak.

4. Farzandingizga pul jamg‘arish uchun maqsadlar qo‘yishda yordam berish. Orzuing uchun jamg‘ar!

Hech sezganmisiz, ayrim odamlar yuqori maoshga ega bo‘lmasliklariga qaramasdan yirik xaridlar: avtomobil, kvartira yoki qimmatli ta'til uchun pul jamg‘ara oladilar.

Vaholangki, bu vaqtda yaxshi ish haqiga ega odam butun umri davomida arziydigan biror nima uchun pulni jamg‘ara olmaydi. Bu, ikkinchi turdagi odamlar bir kun bilan yashashi va kelajak haqida umuman o‘ylamaganligi tufayli sodir bo‘ladi.

Dunyodagi yeng muhim ko‘nikmalardan biri bu maqsadni tanlay bilish va belgilangan rejalarni o‘zgartirmasdan unga intilishdir. Ota-onalar uchun farzandlariga ularning yoshligidan bu ko‘nikmani o‘rganishlariga yordam berishlari muhim hisoblanadi, chunki aynan shu sababli bolangiz voyaga yetganida o‘z mablag‘larini tejashni va to‘g‘ri boshqarishni o‘rganadi.

Maqsadni qo‘yishni o‘rgatish bo‘yicha maslahatlar:

  • Bir necha kun ichida farzandingizga oz miqdordagi pulni berib borishingiz va kerakli miqdor yig‘ilganida o‘zi xohlagan narsani sotib olishi uchun u bilan birga do‘konga borishingiz mumkin.
  • Farzandingizga kunlik xarajati yoki bayramlar orqali sovg‘a qilingan pullarning ma'lum bir foizini tejab qo‘yish maslaxatini bering.
  • O‘zbekistonda ota-onalar farzandlari uchun ularning tug‘ilgan kunidan boshlab bank hisob raqamini ochishlari va unga ma'lum miqdorda mablag‘ qo‘shishlari mumkin. Ushbu mablag‘ ota-ona yoki 14 yoshga to‘lgan farzand (bu yoshda hisob raqamdan qisman foydalanish huquqiga yega bo‘ladi ) tomonidan ishlatish istagi bo‘lmagunga qadar jamg‘arish muddati davomida ko‘payib boradi. Bu farzandingiz uchun tejash mohiyatini anglash va belgilangan maqsadga yerishishda mavjud pulni ko‘paytirish uchun ajoyib namunadir.
  • Pullarni saqlash uchun joy ajratib bering. Bolalarni yoshligidan pullarni tartibli saqlashga o‘rgatish muhim. Farzandlaringiz biron narsaga pul to‘plashni maqsad qilganlarida, ularga pulni saqlashga yordam beradigan buyum as qotadi. Ancha kichik bolalar uchun siz pul soladigan qutini (kopilka) sotib olishingiz mumkin.

5. Moliyaviy vositalar haqida gapirib bering

Bankning moliyaviy vositalari haqidagi bog‘cha yoshidanoq farzandingizga tushunchalarni berishni boshlashingiz mumkin. To‘lovni bank kartasi orqali amalga oshirish vaziyatida, farzandingizga to‘lovni qanday amalga oshirayotganingizni va pulni nimaga sarflayotganingizni albatta ko‘rsating. Ko‘pincha bolalar ota-onalari nimanidur bank kartalari orqali yoki onlayn tarzida sotib olishayotganlarini ko‘rib, xoxlagan narsani istalgan vaqtda, xaqiqiy pullarni sarflamay olish mumkin degan noto‘g‘ri fikr paydo bo‘ladi.

Buni oldini olish uchun ularga banklar va bank kartalari tizimi haqida gapirib bering. Siz ishlab topayotgan pulingiz avtomatik tarzda sizning hisob raqamingizga kelib tushushini tushuntiring.

Bankomatlardan olayotgan naqd pullaringiz bank kartangiz hisob raqamidan yechib olinishini ham tushuntirishingiz muhimdir. Bundan tashqari siz bir oylik xarajatlaringizni to‘planishini bank kartasi xarajatlar ma'lumotnomasi orqali ko‘rsatishingiz mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi tijorat banklari bolalar uchun plastik kartalarini ochish xizmatini taklif qilmoqda. Aslini olganda, ushbu kartalar ota-onalarning bank hisob raqamiga bog‘langan qo‘shimcha kartalardir. O‘z pasportlariga ega balog‘at yoshidagilar uchun banklar kartani mustaqil ravishda ochishni taklif qiladi. Ammo shu bilan birga, ota-onalarning yozma roziligi ham talab qilinishi mumkin.

Bolaning moliyaviy savodxonligi uchun qadam tashlandi!

image007

Ushbu maqolada biz, bolaga qanday qilib moliya dunyosini tushunishga yordamlashish, uning ertangi kuniga ishonch berish, aniq maqsadlar qo‘yish va muvaffaqqiyatga yo‘lini ochish haqida qisqacha ma'lumot berishga harakat qildik. Sizlar bu bilmlarni amaliyotda qo‘llasangiz bo‘ldi.

Kichik qadamlardan boshlang, o‘yinlar orqali barchasini jonlantiring, farzandingizni mustaqilligini rag‘batlantitib boring, boshqalardan faqrli ravishda siz uni nima ko‘proq jalb qilishini bilasiz. Yuqorida taklif etilgan turli hil usullarni sinab ko‘ring yoki bo‘lmasa o‘zingizning yondashuvlaringizni o‘ylab topishingiz mumkin. Omad yor bo‘lsin!

Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

12.01.2021

«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

finlit.uz

Lizing o‘zi nima?

12.01.2021

Lizing o‘zi nima?

finlit.uz

Markaziy bank

01.08.2020

Markaziy bank

finlit.uz



Orphus tizimi