JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Qamashi uzumi kelgusida dunyo bozorlarini egallaydi!

29.03.2021

Xalq banki buning uchun katta sarmoya tikkan.

Lalmi yerda mo‘l hosil yetishtirishning turgan-birtgani — tavakkalchilik! Qolaversa, yantoqdan bo‘lak giyoh ko‘karmaydigan yaydoq dalalardan katta daromad olish mumkin, desa, birov ishonmaydi ham.

To‘g‘ri-da, ekin eksang-u, bir tomchi suv tusharmikan, deb osmonga ko‘z tikib yashasang, hosil taqdirini qoru yomg‘irga bog‘lab, aksi bo‘lsa, qilgan xarajatingga kuyib qolaversang... Bunday sharoitda kim ham tadbirikorlik qilib, yerga sarmoya kiritsin?!

Ammo, bu birmuncha eski gaplar. Innovasiyalar asrida tap-taqir cho‘lda ham gulzorlar yaratayotganlar bor, desa, hozir ko‘pam ajablanib o‘tirmaymiz.

Mana, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ham buning uddasidan chiqayotganlar bor. Yutuqlarning asl sababi ushbu yumushga mahalliy hokimlikning o‘zi bosh-qosh bo‘layotganida! Qolaversa, loyihalardan kutilayotgan natijalar kattaki, bunga Xalq banki sarmoya tikishga ikkilanib o‘tirgani yo‘q. Aksincha, milliardlab so‘m, millionlar dollar mablag‘larini ajratyapti.

Hatto hozirgachayam, uzumning zo‘ri qayerda, deyishsa, Oltarig‘u Parkentni, mazasi tilni yorar mayizlar haqida so‘z ketsa, Uchqorayu Qo‘shrabot kabi mashhur manzillarni eslaymiz. Ammo vaqti kelib Qamashi degan tumanda, lalmi sharoitda asl uzumlar yetishtirilishi hech kimning xayoliga ham kelmagan bo‘lsa kerak.

Endi gapni ko‘pam cho‘zmay, bevosita biyday dalalarda ro‘yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalarga to‘xtalaylik.

Shulardan biri Qamashi tumanining “Oqrabot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayapti. Loyiha tashabbuskori — mahalliy tadbirkorlik sub’yekti bo‘lgan “Oqrabot tokzori” ishlab chiqarish korxonasi.

Katta ishlar, avvalo, kichik tajribalardan boshlanishini bilamiz. Ammo bu tashabbus shunchaki tajriba emas. Puxta o‘ylangan biznes loyiha. Buni ajratilgan yer maydoni ko‘lami ham tasdiqlaydi — 190 gektar! Bu yerda intensiv usulda tokzorlar yaratilyapti. Tomchilitib sug‘orish texnologiyalari Turkiya davlatidan keltirilyapti. Xalq bankning Qamashi tumani filiali buning uchun jami 6.8 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratdi. Shundan asosiy qismi, ya’ni 4,5 milliard so‘mi texnologiyalar xaridiga yo‘naltirilsa, 500 million so‘mi uzum ko‘chatlari sotib olishga sarflanadi.  Zarur texnikalar sotib olish uchun esa 1,1 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Natijada hududda intensiv bog‘dorchilik yo‘nalishi rivojlanishi hamda yiliga 5700 tonna uzum yetishtirilishi barobarida, 192 kishining ish bilan bandligi ham ta’minlanadi.

Sog‘lom raqobat — rivojlanish omili. Bu yo‘nalishdagi faoliyat Qamashi  tumanining “Oqrabot” mahalla fuqarolar yig‘inida yagona emas. Masalan, “Erkin Boboqulov” ishlab chiqarish korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan navbatdagi loyihani olaylik. 80 gektar maydonda intensiv bog‘ yaratishga doir mazkur loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard so‘mga teng bo‘lib, shundan 2,8 milliard so‘mi Xalq banki Qamashi filiali tomonidan moliyalashtirilmoqda. Ushbu manzildagi yana bir tokzorni “Mo’jizaviy uzumzor” korxonasi yaratyapti. U ham 80 gektar yer maydonini qamrab olgan bo‘lib, Xalq bankning jami 2,8 milliard so‘mlik kredit mablag‘i ko‘magida ro‘yobga chiqariladi. Pirovardida yiliga 2400 tonna uzum hosili yetishitirilib, mahalliy aholi vakillaridan 129 nafari doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

“Akbarjon uzumchilik” ishlab chiqarish korxonasi ham uzoqni ko‘ra biladigan tadbirkorlar sirasidan. U ham kelgusida “Oqrabot uzumlari” nomi bilan mashhur bo‘lishi kutilayotgan ne’matlarda hissasi borligidan faxrlanib yurishni istaydi. Shu maqsadda sal kichikroq — 50 gektar yerda tomchilatib sug‘orish usulida tok ko‘chatlarini ekyapti. Safdoshlaridan o‘rnak olib, intensiv texnologiyalarning afzali deb Turkiyanikini tanladi. Bundoq hisoblab ko‘rsa, loyihani to‘liq ishga tushirish uchun hammasi bo‘lib 2,3 milliard so‘m zarur bo‘larkan. O‘zida 540 so‘m bor. Qolgan 1,8 milliard so‘mni qayerdan olsa bo‘ladi? Ayni shu masala yechimida unga Xalq bankning Qamashi tumani yelkadosh bo‘ldi. Zarur mablag‘ning barchasini kredit sifatida ajratdi. Buning samarasi yaqin kelajakda bo‘y ko‘rsatadi. Yiliga 1500 tonna shirin-shakar uzumlar el dasturxoniga tortiq etiladi. Qolaversa, tadbirkorlik sub’yektida yangidan ish boshlaydigan 92 nafar ishchi-mutaxassisning ro‘zg‘origa baraka kiradi.

Xuddi shunday ko‘rsatkichlarga ega ezgu tashabbus egalaridan yana biri “Abdulaziz Mardonovich lalmisi” korxonasidir. U ham 50 gektar maydonga ekiladigan intensiv uzumzoridan 1,5 tonna hosil olib, mahalliy aholi vakillaridan qariyb 100 nafarini ish bilan ta’minlamoqchi. Bu orqali Xalq banki Qamashi tumani filialidan ajratilgan 1,8 milliard so‘m miqdoridagi kreditni oyma-oy, belgilangan muddatlarda uzishga erishishni maqsad qilgan. Qolgan daromad korxona faoliyatini yanada kengaytirish va ishchilar daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borishga yo‘naltiriladi.

— Xullas, tumanimizda katta ishlar boshlangan, — deydi Xalq bankining Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani filiali boshqaruvchisi Zafar Saidov.  — Samaradorligi kam lalmi maydonlar o‘rnida yil oxirigacha katta-katta bog‘u rog‘lar paydo bo‘lib, tumanimizning nafaqat agrar sohadagi, balki sanoatdagi ulushi ham yuksalishiga shubha yo‘q. Chunki tomchilatib sug‘orish usuliga asoslangan bu uzumzorlar kelgusida hosilga kirgach, hududda ularni qayta ishlash tarmoqlari ko‘paytirishga zarurarat tug‘iladi. Bu esa yangi-yangi korxonayu zavodlar paydo bo‘lib, aholi turmush farovonligi yanada oshadi, deganidir. Shu ma’noda, ana shu ezgu ishlarga bankimiz kreditlari orqali munosib hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Bu bog‘larning hosilga kirishi xayrli ishlarimiz mevasi bo‘ladi.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi