JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Qariyalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin? Octobankdan maslahatlar

03.06.2025

Octobank  internet firibgarlik holatlari va ulardan qanday himoyalanish haqida xabardorlikni oshirishda davom etadi. Bugungi kunda ayniqsa yoshi katta insonlar moliyaviy jinoyatlarning asosiy nishoniga aylangan. Ushbu maqolada — nega bu guruh ko‘proq xavf ostida va qanday choralar bilan ularni himoya qilish mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Nega yoshi katta insonlar ko‘proq qurbon bo‘lishadi?

Yosh ulg‘aygani sayin insonning yangi texnologiyalarga moslashuvi sekinlashadi. Raqamli xizmatlarga ishonchsizlik, kiberxavflar haqida yetarli bilimning yo‘qligi va ortiqcha xavotir — bularning barchasi yoshi kattalarni firibgarlik uchun qulay nishonga aylantiradi. Raqamlar ham shuni tasdiqlaydi: O‘zbekistonda kiberjinoyatlarning 98 foizi bank kartalari bilan bog‘liq.

Firibgarlar qanday harakat qiladi?

Firibgarlar odamni aldashda psixologik bosim va ishonch uyg‘otish metodlaridan foydalanadi. Eng ko‘p uchraydigan sxemalar quyidagicha:

  • “Farzandingiz avtohalokatga uchradi”

    Yolg‘on qo‘ng‘iroqlar orqali o‘zini qarindosh deb tanishtirib, yig‘i aralash ovoz bilan yordam so‘rashadi. “Pulni kur’erga bering” kabi shoshilinch talablarga urg‘u beriladi.

     “Kommunal xizmatdan qarzingiz bor”

    Jinoyatchilar “gaz” yoki “elektr energiyasi” uchun to‘lanmagan qarz borligini hamda hisob raqamlariga pul o‘tkazishni so‘rashadi. Aslida esa to‘lov qilinmaydi va pullar firibgarlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

    “My.gov ilovasini yangilang”

    Davlat ilovalari niqobi ostida zararli dasturlar tarqatiladi. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini (karta raqami, parollar) o‘zi bilmagan holda firibgarlarga berib qo‘yadi.

    Keksalarni qanday himoya qilish mumkin?

    1. Texnik himoya o‘rnating
    • Mobil bank va boshqa ilovalarda ikki bosqichli autentifikatsiya yoqing. Bu firibgarlar tomonidan ruxsatsiz kirishning oldini oladi.

    2. Huquqiy vositalardan foydalaning
    Kredit olishni avtomatik taqiqlash funksiyasini my.gov.uz orqali faollashtiring. Bu chora bankka tashrif bo‘lmasdan turib kredit rasmiylashtirishni cheklaydi.
    • Moliyaviy ishonchnoma tuzish orqali yaqinlaringizga sizning nomingizdan moliyaviy ishlarni yuritish huquqini berasiz — bu uchinchi shaxslarning aralashuvisiz amalga oshiriladi.

    3. Axborot va ko‘nikma bering
    • Firibgarlik sxemalari haqida aniq va sodda tilda tushuntiring.
    • Mahalla yoki kutubxonada raqamli savodxonlik kurslariga jalb qiling.
    • Markaziy bank tomonidan tayyorlangan firibgarlikni aniqlash bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar berilgan axborot risolalaridan foydalaning.



Keksalar qanchalik ko‘p xabardor bo‘lsa — firibgarlar tuzog‘iga tushish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Ular bilan xotirjam va muloqotda bo‘ling, telefonlari va ilovalarini sozlashda yordam bering. Eng muhimi —yonlarida bo‘ling

Avvalroq Octobank firibgarlar sun’iy intellektdan qanday foydalanayotganini, ular bolalar bilan qanday aloqa o‘rnatishini hamda soxta saytlar orqali ma’lumotlarni qanday qo‘lga kiritishini tushuntirib bergan edi.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

12.06.2025

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida



Orphus tizimi