Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyatida joriy yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 523 uy-joy qurilishi belgilangan.
Qarshi tumanining Nukrabot mahallasi Yakkayog‘och massivida hozirgacha 56 oila uchun 4 ta ko‘p qavatli uy, shuningdek, 2 sotix yer maydoniga ega 2 va 3 xonali 40 ta uy foydalanishga topshirildi.
–Davlatimiz g‘amxo‘rligi bilan ikki sotix yer maydoniga ega ikki xonali uyga ega bo‘ldik, – deydi ushbu massivdagi uy sohibalaridan biri Nargiza Bahromova. – Shinam xonadonimizda barcha qulayliklar yaratilgan. Tomorqada ro‘zg‘orimiz ehtiyoji uchun sabzavot, ko‘katlar yetishtirayapmiz.
Manba: www.uza.uz
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Qashqadaryoda joriy yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 523 uy-joy qurilishi belgilangan