O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan qayta moliyalash stavkasini yillik hisobda 9 foiz darajasida saqlab qolish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Qayta moliyalash stavkasining mazkur miqdorda qoldirilishi, birinchi navbatda, inflyatsiya darajasining maqsadli ko'rsatkichlar doirasida bo'lishini ta'minlashga va shu bilan birga joriy yil uchun mo'ljallangan iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishish uchun qulay moliyaviy va investitsion sharoitlarni yaratishga qaratilgan pul-kredit siyosatini davom ettirishga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
13.10.2025
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi
13.10.2025
FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi
13.10.2025
EMBRAS 2025 Mukofoti G'oliblari
Qayta moliyalash stavkasi o'zgarishsiz qoldi