Inflyatsiya darajasining 2014 yilgi prognoz ko'rsatkichlaridan hamda yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab qayta moliyalash stavkasini amaldagi 12 foizdan 10 foizga tushirish bo'yicha qaror qabul qilindi.
Qayta moliyalash stavkasining tushirilishi bank kreditlari bo'yicha foiz stavkalarining pasayishiga asos yaratadi va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikni oshishiga olib keladi. Jumladan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga ajratiladigan tijorat banklari kreditlari bo'yicha foiz stavkalari pasayadi va kreditlar hajmi o'sadi.
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
Qayta moliyalash stavkasi tushirildi