Markaziy bank Boshqaruvining pul-kredit siyosati chora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlashdagi samaradorligini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyatsiya sur'atlarining tezlashishi hamda inflyatsion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi.
Inflyatsiya darajasiga narxlarning mavsumiy o‘zgarishi hamda taklif omillari bilan bir qatorda iqtisodiyotni kreditlash hamda milliy valyuta devalvatsiyasining o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq sur'atlarda oshib borishi ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi.
Yuzaga kelgan sharoitda amaldagi foiz stavkalari kredit resurslariga spekulyativ talabning oshishiga hamda inflyatsion spirallar paydo bo‘lishi xavfining ortishiga olib kelmoqda.
Ushbu holatda qayta moliyalash stavkasini oshirish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank tomonidan inflyatsiya o‘sishining oldini oluvchi ta'sirchan chora sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
Markaziy bank kelgusida ham narxlar darajasining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va iqtisodiyotda barqaror past inflyatsion kutilmalarni shakllantirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Iste'mol bozorida narxlar barqarorligi va inflyatsion xatarlarning pasayishiga erishilishi bilan qayta moliyalash stavkasi qayta ko‘rib chiqilib, pasaytirib boriladi.
Manba :www.cbu.uz
11.12.2025
So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda
11.12.2025
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
Qayta moliyalash stavkasi yillik 14 foizgacha ko‘tarildi