JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

Qish uchun mukammal poyabzal: modellar obzori

Xaykerlar


Xaykerlar нoki, ularni trekingoviy botinkalar ham deyiladi. Sirpanmaydigan taglik, tovon va barmoqlarning to'xtash joylari va oyoqni ishonchli ushlab turish uchun shnurlarga ega. Zamsh va charm variantlari yanada chiroyli ko'rinadi. Ayniqsa garderobida klassikani afzal ko'rganlarga yoqadi. Texnologik materiallardan tayyorlangan modellar sport uslubini sevuvchilar tomonidan qadrlanadi.  

                     

                                                                               Хайкери: 12 пар стильного взуття не для гір — The Village Україна

                                                                                   

Shnurli botinkalar


Minimalistlar va funktsional garderob muxlislari uchun asosiy poyabzal. Qish sovuq o'tkazmasligi uchun qalin charmdan qilingan modelini tanlang.Tovonning o'rtacha balandligiga, qora, jigarrang, xaki yoki alvon kabi asosiy ranglardan iborat tabiiy materiallardan tayyorlangan izolyatsiyaga qatlamiga e'tibor bering. Bunday model jinsi shimlar, oddiy shimlar, turli rang va uzunlikdagi yubkalar uyg'unlashadi. Agar siz tajriba qilishni yaxshi ko'rsangiz, obrazingizdagi aksentga aylnuvchi variantlarni ko'rib chiqing: g'ayrioddiy ranglar, poyabzaldagi bosma rasm (bu zebra yoki leopard bo'lishi mumkin) yoki kontrast shnurli modellar bilan.


                                                                                  Высокие ботинки на шнуровке Nero Giardini - цена 20590 ₽ купить в интернет-магазине СТОКМАНН в Москве

Jokey etiklari yoki trubkali etiklar 


Qishda yubka va ko'ylak kiyganlar uchun mukammal ikkita poyabzal. Ikkala variant ham o'rta uzunlikdagi kurtka bilan kiyilganda sovuqdan himoya qilish uchun juda qulaydir. Teri yoki zamshdan yasalgan platforma yoki pishshiq poshnali modellardan tanlang. Botfort sapoglarni o'rnini bosadi. Agar siz haddan tashqari e'tiborli ko'rinishdan qo'rqsangiz, ularni kundalik kiyimlar masalan a-siluet yubka va ko'ylak yoki katta hajmli sviter kabi tasodifiy kiyim bilan birga kiying. 


                                                                                Сапоги трубы | Сапоги, Блестящая обувь, Обувь


Mo'ynali krossovkalar


Sevimli kedalarga alternativ. Charm, zamsh va sun'iy yoki tabiiy mexdan tayyorlangan texnologik modellar sovuqqa yaxshi bardosh bera oladi.

Shaklni tanlashda retro uslubiga e'tibor bering: tennis poyabzali yoki butsiga o'xshash modellar ayniqsa dolzarbdir. Uzoq yurish uchun baland taglikdagi krossovkalarni ko'ring. Ularni termostel, kashmir yoki jun paypoq bilan kiysangiz yanada issiqroq bo'ladi. Uni hohlagan kiyim bilam uyg'unlashtirsa bo'ladi. Masalan:  va klassik shimlar, vodolazkalar va "trenikov" puxoviklar, ko'ylak va aviator dublyonkalar.


Rezina etiklar


Qattiq sovuqda, albatta bu etiklrda mos kelmaydi,  ammo sirpanchiq va o'zgaruvchan ob — havo uchun rezina etiklar ayni muddao. Ushbu mavsumda tepa qismi baland modellarni o'rniga suv o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan "Chelsi" kabi kaltaroq variantlar bilan almashtirildi. Eng urfga kirgani — mashhur Puddle Bottega Veneta modeli kabi galoshlarni eslatadiganlaridir.

Klassik kombinatsiyalar uchun oddiy ranglarni tanlang: qaymoq rang, qora yoki jigarrang. Agar siz ajralib turishni yaxshi ko'rsangiz, yorqin ranglar - pushti, binafsha, zarg'aldoq ranglar mos keladi. Isitish maqsadida termostelkini ishlating yoki oyoq uchui va tovoni rezinadan, qolgan hamma qismi charm yoki nubukdan yasalgan kombinatsiyalangan variantlarga e'tibor bering.


Derbi


Shim yoki jinsi shimlar uchun eng yaxshi poyabzal: bo'yni kalta ko'rsatmaydi va har xil uzunlikdagi tepa kiyimlar bilan kombinatsiyalashadi. Charm yoki zamsh modellari qish uchun mos keladi - ular elegant ko'rinadi, ammo shuningdek alohida parvarishni ham talab qiladi.

Bundan tashqari, taglik materialini ko'rib chiqing — rezina va texnologik tarkibdagi variantlari sirpanchiqda yaxshi ushlaydi. Shaklga kelsak, namuna uchun model: Amerikaning The Row brendi derbisi va shunga o'xshash barcha variantlardir.


Kazaklar


Vestern stili ayanan kazakilarga tegishli.Shahar ko'chalarida zamonaviy ko'rinadi va oddiy kiyimlarni to'ldiradi. Masalan: jinsi, oddiy sviter va hajmli puxovik bilan yaxshi ko'rinadi. O'zgaruvchan ob-havo uchun mo'ynali zamsh yoki teridan (u tabiiy yoki sun'iy bo'lishi mumkin) tayyorlangan qisqa modellari juda mos keladi. Minus darajali sovuq ob-havo uchun tizzagacha bo'lgan mo'ynali astarli, rezinkali baland tagligi bor yoki qalin poshnali modellar ma'qul.



Chelsi


Ishbilarmon britaniyaliklar poyabzalning ushbu versiyasini qirolicha Viktoriya uchun ixtiro qildilar. U uzoq vaqt davomida shnurlar va qisqichlar bilan yurishni xoxlamasdi. O'shandan buyon ikki yon tomoni rezinkali botinka muntazam ravishda trend modellari ro'yxatiga kiritilgan.

Ushbu mavsumda, dumaloq yoki kvadrat uchli, massiv taglikli, o'rtacha balandlikdagi Chelsi ayniqsa urfdadir. Hohlagan rangda bo'lishi mumkin: odatiy qaymoq rang, jigarrang va alvon rangdan biroz to'qroq, grafit va to'q yashil ranglar kabi bo'lishi mumkin. Suningdek kombinatsiyalarga ham tegishli. Chelsi-deyarli hamma narsa bilan juda yaxshi uyg'unlashadigan poyabzal. Asosiysi, sizning sevimli etiklaringiz bo'yingizni past ko'rsatmasligiga va qomatingizni proporsiyasini buzmasligiga ishonch hosil qiling.


Ugglar


Bir necha yil davomida umuman unutilgan poyabzal modeli bir necha mavsum oldin yana mashhurlikka erishdi va hali ham dolzarb bo'lib qolmoqda. Uzun bo'yli uggs shahar atrofidagi sayohatlar va qorli o'rmonda sayr qilish uchun ko'proq mos keladi. O'rta va qisqa modellar shaharning casula garderobiga muvaffaqiyatli mos keladi.

Klassik ugg botinkalari odatda zamshdan tayyorlanadi, ammo teridan yoki teriga o'xshash materiallardan tikilganlari ham bor. Izolyatsiya qismi ham tabiiy, ham sun'iy bo'lishi mumkin. O'zingizning ehtiyojlaringizga e'tibor qaratib tanlang: kimgadir ugglar juda issiq, kimdir, aksincha, ularni qish uchun eng yaxshi poyabzal deb biladi.


Dutiklar


Futurizm 2022-2023 kuz-qish mavsumining yana bir tendi dutiklar yoki ular kosmonavtlarning poyabzalini eslatgani uchun lunoxodlar ham deb ataladi. Ular, uggilar singari, issiqlikni yaxshi ushlab turadilar, kiyishga qulay va parvarish qilishda qiyin emas. Texnologik materiallar  rezina yoki kombinatsiyalangan taglik va yuqori qismida suv o'tkazmaydigan qoplamali membrana sharofati bilan sayrdan keyin ularni tartibga solish qiyin bo'lmaydi.

Dutiklarning yagona salbiy tomoni shundaki, ularni boshqa kiyimlar bilan uyg'unlashtirish juda qiyin. Agar siz shaharda bunday poyabzal kiyishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, neytral rangga ega qisqartirilgan variantlarini  shuningdek ustki kiyim yoki aksessuarlardagi rangga o'xshashini tanlang. Shunday qilsangiz tashqi ko'rinishingiz didli ko'rinadi.



To'piqli botil'onlar


Variant kundalik turmush uchun emas. Odatda, bunday poyabzal zamsh yoki tekstildan tikiladi. Model to'piqqa mahkam o'rnashgan, shuning uchun u bo'yni kalta ko'rsatmaydi va nisbatini buzmaydi.

Sovuq mavsum uchun klassik shimlar va tekis jinsi shimlar bilan, shuningdek, kechki liboslar va yubkalar bilan bir xil darajada yaxshi ko'rinadigan barqaror poshnali variantlar yaxshiroqdir. Bunday poyabzalda qattiq sovuqda faqat mashinada harakatlanish yoki yopiq joyda yurish yaxshiroqdir.


Baletki-bukle


So'nggi bir necha yil ichida tabiiy yoki sun'iy mo'ynadan tikilgan baletlar trendda. Albatta, ular sirpanchiq va qorli ob — havo uchun mos kelmaydi. Lekin ular uyda juda qulay. Unda kuryer yoki to'satdan kelgan mehmonlarni kutib olishda asqotadi. Bundan tashqari, bunday poyabzal dress kod qat'iy bo'lmagan ofisda bilan yoki bayram kiyimini to'ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, ipak pijama yoki kombinatsiyalangan ko'ylak bilan.

O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi