Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

“Qishloq qurilish bank” 18 460 nafar oilaga mikrokredit ajratdi

18.09.2019

2019 yil 18  sentabr kuni “Har bir oila  - tadbirkor” dasturi doirasida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bank faoliyatida bu yo‘nalishda erishilayotgan natijalar bo‘yicha  ma’lumotlar  berildi.

IMG_20190918_162122_928.jpg

O‘tgan davrda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish  maqsadida,  bank  markaziy idorasida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus boshqarmasi va bank filiallarida Tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus bo‘limlari tashkil qilindi.

Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash va “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank”ga 291,4 mlrd.so‘m kreditlar ajratish belgilangan.

IMG_20190918_162119_061.jpg

Bank tomonidan 2019 yil 18 sentabr holatiga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi  qarori bo‘yicha 101,5 mlrd. so‘m hamda “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha 265,0 mlrd.so‘m  -  jami 366,5 mlrd.so‘m resurs mablag‘lari olinib, to‘liq o‘zlashtirildi.

18460 nafar oilaga ajratilgan mikrokreditlar tadbirkorlikningquyidagi sohalariga yo‘naltirildi:

Naslli qoramol sotib olish uchun 4 513 ta oilaga 99,4 mlrd.so‘m;

 qo‘ychilik uchun 1715 ta oilaga 32,1 mlrd.so‘m;

quyonchilik uchun  200 ta oilaga 4,5 mlrd.so‘m;

asalarichilik uchun 694 ta oilaga 16,7 mlrd.so‘m;

parrandachilik uchun  1323 ta oilaga 25,2 mlrd. so‘m;

baliqchilik uchun 118 ta oilaga 3,9 mlrd.so‘m;

issiqxona tashkil qilish uchun 2153 ta oilaga  48,3 mlrd.so‘m;

tikuvchilik uchun 3208 ta oilaga 48,1 mlrd. so‘m;

hunarmandchilik uchun 216 ta oilaga 6,0 mlrd.so‘m;

qandolatchilik uchun 2710 ta oilaga 21,7 mlrd.so‘m;

boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun 1439 ta oilaga 56,5 mlrd.so‘m mikrokreditlar ajratildi.

IMG_20190918_162214_397.jpg

Matbuot anjumanida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan  “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida belgilanayotgan navbatdagi vazifalar hamda  bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

 

 

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi