2018 yilning 19-21 aprel kunlari "Ko‘rgazma savdo markazi" majmuasida “BANKEXPO-2018”- moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazma doirasida aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga zamonaviy bank xizmatlari namoyish qilindi. Xususan, yangi joriy etilgan xizmatlarning taqdimoti o‘tkazildi.
Bank tomonidan “Onlayn-konversiya” xizmatining joriy etilgani, shuningdek, “Depozit-banking”, “QQB-mobile” ilovalari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamining kengayib borayotganligi ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan alohida e’tirof etildi.

Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilarga namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarda barpo qilinayotgan arzon uy-joylar uchun, jismoniy va yuridik shaxslar uchun kreditlarni ajratish hamda aholidan omonatlarni qabul qilish tartiblari va shartlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi. Bank moliyaviy ko‘magida xududlarda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
“BANKEXPO-2018” milliy ko‘rgazmasi doirasida qator kichik biznes vakillari bilan ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Qishloq qurilish bank” – “BANKEXPO-2018” ko‘rgazmasida