“Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi ish boshladi

23.11.2016


2016 yil 24 sentyabrdan ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Internet tarmog‘idagi elektron qabulxonasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonuni ijrosini jadallashtirishga qaratilgan zamonaviy va o‘ziga xos yondoshuv bo‘ldi.

2016 yil 27 oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish davlat siyosatining eng ustuvor  yo‘nalishlardan  biri  ekanligini  yana  bir  bor  ko‘rsatdi.  

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida aksiyadorlik  tijorat  “Qishloq  qurilish  bank”  veb-saytida  bank Boshqaruvi  raisining  virtual  qabulxonasi  ish boshladi. Endilikda fuqarolar va mijozlar bank faoliyatiga doir ariza, takliflar,  shikoyatlar  bilan  qulay va zamonaviy usulda virtual  qabulxona  orqali  murojaat  qilishlari  mumkin.  

Avval xabar berganimizdek, “Qishloq qurilish bank”  markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlashning  sifati  va  natijadorligini oshirish maqsadida Murojaatlar  bilan ishlash bo‘yicha Ishchi guruhi tuzildi va bank Boshqaruvi qaroriga asosan yangi tuzilma - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilindi.

 

Bank  axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi