Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Batafsil

«Qishloq qurilish bank»da murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha boshqarma tashkil qilindi

14.11.2016


2014 yil dekabr oyida qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida 2016 yil 24 sentyabrdan ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Internet tarmog‘idagi elektron qabulxonasi mazkur qonun ijro etilishini  jadallashtirishga qaratilgan zamonaviy va o‘ziga xos yondoshuv bo‘ldi.

Murojaatlar bilan ishlash  tizimini  davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida yanada takomillashtirish maqsadida 2016 yil 27 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Aksiyadorlik  tijorat “Qishloq qurilish bank”  tizimida ham jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur masala bank Boshqaruvining qator majlislarida muhokama qilinib, bank tuzilmalarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bank markaziy apparatida Murojaatlar  bilan ishlash bo‘yicha Ishchi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 “Qishloq qurilish bank” tizimida murojaatlar bilan ishlashning  sifati  va  natijadorligini  oshirish maqsadida bank Boshqaruvi qaroriga asosan yangi tuzilma - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilindi. Mazkur boshqarmaga tegishli shtat birliklari ajratilib, ularga malakali kadrlar ishga jalb etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash  boshqarmasiga:

- jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasidan tushayotgan har bir murojaatni amaliy hal etish choralarini ko‘rish hamda ularning ijrosini har kuni tanqidiy muhokama qilib borish;

- yozma (elektron) va og‘zaki murojaatlarning (jumladan, barcha xodimlarning ishga va o‘z lavozim yo‘riqnomasiga bo‘lgan mas’uliyati, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar, filiallar tomonidan kreditlar ajratish, muddati kelgan omonatlarni mijozlarning birinchi talabiga ko‘ra berilishini ta’minlash, plastik kartochkalardan belgilangan tartibda naqd pul mablag‘larini berish, bank tizimiga oid boshqa masalalar bo‘yicha), shuningdek takroriy murojaatlarning ko‘payishi sabablarini o‘rganib borish, kelgusida ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish, xat va arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarining asossiz uzaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib borish;

- jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning murojaatlarini qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

- murojaatlar ko‘paygan mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq fuqarolar yig‘inlarida muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib borish, mazkur uchrashuvlarda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalarni joyida amaldagi qonunchilikka muvofiq ijobiy hal etish;

- kichik biznes sub’ektlariga, tadbirkor ayollarga, xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish maqsadlariga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga kredit ajratish masalalarida kelib tushayotgan murojaatlarni darhol hal qilish, ularning ro‘yxatini yuritish va bank xodimlarining amaldagi qonunlarga qat’iy rioya qilishlari ustidan  nazoratni  kuchaytirish  vazifalari  yuklatildi.

Murojaatlar bilan ishlash holatini izchil takomillashtirib borish, bu borada sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik va murojaatlarning echimini o‘z vaqtida hal etish ATB “Qishloq  qurilish bank” faoliyatining eng muhim  yo‘nalishlardan biri  bo‘lib qoladi.

 

Bank Axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda



Orphus tizimi