“Qishloq qurilish bank”dan yana bir qulaylik

24.08.2016

 “Qishloq  qurilish  bank”dan yana bir qulaylik 

Aksiyadorlik  tijorat “Qishloq qurilish bank” mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etib kelmoqda. Ko‘rsatilayotgan sifatli bank xizmatlari natijasida bank mijozlarining soni  muttasil ravishda ortib  bormoqda. Bugungi  kunda bank tuzilmalari tomonidan 692 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxs maqomidagi mijozlarga  xizmatlar  ko‘rsatilmoqda.

Yildan-yilga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari ko‘payib, aholiga yangi zamonaviy va qulay xizmatlar taklif qilinmoqda. Xususan, plastik  kartochkalardan foydalanuvchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini  kengaytirish  yuzasidan doimiy ish olib borilmoqda. Bunda  yangi zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

Ma’lumki, joriy yilning mart oyidan boshlab P2P to‘lovlar tizimi orqali mobil ilovalar va internet saytlari yordamida bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasiga “on-line” rejimida mablag‘larni o‘tkazish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi