Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

“Qishloq qurilish bank”dan yangi aksiya: “Olamshumul”!

22.01.2020

ATB “Qishloq qurilish bank” naqd pulsiz amaliyotlarning ommabopligini oshirish, mijozlarni tizimli rag‘batlantirib borish maqsadida bankning Humo plastik kartalari foydalanuvchilari o‘rtasida “Olamshumul” aksiyasini e’lon qiladi.

Aksiya 2020 yilning 1 fevralidan 2021 yilning 1 fevraliga qadar o‘tkaziladi va unda 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyada qatnashish uchun ATB “Qishloq qurilish bank”ning filialidan Humoplastik kartochkalarini olish va har oy yakuniga ko‘ra, eng kamida 500 ming so‘m qoldiq summani saqlab yurish talab etiladi.

Muhim jihati, “Olamshumul” promo-aksiyasida 2020 yilning 1 yanvariga qadar amalda bo‘lgan Humo kartalari foydalanuvchilari ham ishtirok etishi mumkin. Bunda plastik kartadan foydalanish jarayoni aksiya talablariga mos bo‘lishi lozim.

Aksiya ikkita holat bo‘yicha o‘tkaziladi.

“Oylik aksiya” - plastik karta qoldig‘i bir oyda (kalendar kunlari) 500 ming so‘m va undan yuqori bo‘lgan mijozlar bo‘yicha.

Agarda ushbu shart bajarilsa, tanlab olish yo‘li bilan g‘olib mijoz aniqlanadi va g‘olibga aksiya sovrini taqdim etiladi.

G‘oliblar xorijga ikki kishilik 12 ta sayohat yo‘llanmasi, 60 dona “XIAOMI Note 7”smartfoni, 60 dona “Artel Smart LED” televizori hamda jami 570 dan ortiq fleshka, quloqchin, “PowerBank”va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

olamshumul133.jpg

“Super aksiya”. Bunda oylik aksiya ishtirokchilari orasidan tanlab olish yo‘li bilan g‘olib aniqlanadi. Agarda ushbu shart (oylik aksiya ishtirokchisi bo‘lish) har oy davomida bajarilsa, mijozning yutish imkoniyati ortib boradi. Ya’ni 1 marotaba oylik aksiyaga qatnashish 1-imkoniyat, 10 bora qatnashilsa, imkoniyat 10 barobar ortadi.

“Super aksiya” g‘olibiga bosh sovrin - “Shevrolet Gentra” avtomobili taqdim etiladi.

“Oylik aksiya”ning g‘olib va sovrindorlaribir oyda bir marta, har oyning o‘ninchi ish kunigacha hamda “Super aksiya”ning g‘olibi aksiya muddati tugagandan so‘ng Internet tarmog‘idagi Random.org veb-sayti (dasturi) orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Fursatni qo‘ldan boy bermang! ATB “Qishloq qurilish bank”ning o‘zingizga yaqin bo‘lgan filialidan Humo plastik kartochkalarini rasmiylashtiring va aksiyada ishtirok eting!

“Olamshumul” aksiyasining olamshumul sovg‘alari sizni kutmoqda!

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi