JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“Qishloq qurilish bank” “Depozit Banking” mobil xizmatini joriy qildi

29.12.2016


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” o’z mijozlariga yangi - “Depozit Banking” mobil xizmatini taklif qilmoqda. endilikda mazkur mobil dastur yordamida bank omonatchilari o’z depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar doirasida naqdsiz amaliyotlarni o’zlari bank muassasalariga kelmasdan, shaxsiy mobil telefonlari orqali bajarish, o’z  omonatlari bơyicha ma'lumot olish imkoniga ega bo’lishdi. 

Mijozlar maxsus login va parollar bilan ta'minlangandan sơng “Depozit Banking” mobil dasturi yordamida quyidagi amallarni bajarishi mumkin  bơladi:

  - Omonatlarga  hisoblangan  foizlarni  chiqim  qilish;

  - Muddati to’lgan omonatlarni to’liq yoki qisman qayta rasmiylashtirish. Agar mijoz omonatini qisman rasmiylashtirmoqchi bo’lsa oradagi farq summa uning talab qilib olinguncha hisob  raqamiga  avtomat  o’tadi;

  - Omonatni naqdsiz yopish;

  - Omonatni muddatidan oldin naqdsiz yopish.

Omonatlarni yopishda yoki ularga hisoblangan foizlarni chiqim qilishda omonat va unga hisoblangan foiz summalari avtomat hisoblanadi. Hisoblangan summalarni jismoniy va yuridik shaxslarning xisob raqamlariga naqd pulsiz o’tkazish yoki “Qishloq qurilish bank” jismoniy shaxslarga emissiya qilgan plastik kartalarga o’tkazib berish mumkin.

Bundan tashqari mijozlar “Depozit Banking” mobil dasturi yordamida  quyidagi  ma'lumotlarni  olishlari mumkin:

-         Omonat  shartlari  bo’yicha ma'lumot;

-         Omonat hisobvaraqlari  aylanmasi  bo’yicha ma'lumot.

Bundan tashqari “Depozit Banking” mobil dasturi yordamida mijozlar doimo o’zlarining omonatlari muddatlari tugaganligi tơg’risida  SMS-xabarnoma  olib  boradilar.

“Qishloq  qurilish  bank”  tomonidan chakana xizmatlar bozoridagi faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bank faoliyatiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash choralari ko’rib kelinmoqda. Hozirda bankning jamg’arma kassalarida omonatchilar bilan amaliyotlar bajarilishida, omonatchi bilan bank o’rtasida tuziladigan omonat shartnomalari, kirim va chiqim orderlari avtomatlashtirilgan tizim orqali chop etilishi, omonatchilarga omonat mablag’lari to’g’risida ma'lumot olish imkoniyatini beradigan “sms-omonat” xizmati yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu o’z navbatida omonatchilarning vaqtlarini tejash bilan birga ularga sifatli va qulay bank xizmatlari ko’rsatilishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, bank tizimida fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalashni yanada kuchaytirish, omonatlar bilan bog’liq operasiyalarni mijozlarning ishtirokisiz amalga oshirilmasligini qat'iy nazoratga olish maqsadida shaxsning barmoq izlari namunasidan  foydalanish - “Biometrik identifikasiyalash” tizimi  joriy  qilinmoqda.

“Biometrik identifikasiyalash” texnologiyasining afzalligi shundaki, omonat hisobvaraqlaridagi mablag’lar bilan bog’liq barcha operasiyalarni omonat egasi bo’lgan mijozning bevosita ishtirokisiz  amalga oshirish  imkoni bo’lmaydi va omonat mablag’lariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi ta'minlanadi. 

Bir so’z bilan aytganda, ATB “Qishloq qurilish bank” mijozlarning talablaridan  kelib chiqib aholi uchun zamonaviy va qulay xizmatlar ko’rsatish orqali respublika bank-moliya sektorida shiddat bilan sodir bo’layotgan  yangilanish jarayonlaridagi  o’z ishtirokini yanada faollashtirishga intilmoqda.

 

“Qishloq  qurilish  bank”   -  farovon  hayotingiz  xizmatida!

Murojaat  uchun:  (+99871) 150-72-58, 150-39-93,  www.qqb.uz

 

Bank  axborot  xizmati

Xizmatlar lisenziyalangan.

BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi