“Qishloq qurilish bank” eng yaxshi hamkor deb e’tirof etildi

20.09.2018

Joriy yilning 17-20 sentabr kunlari Toshkent shahrida “Islom taraqqiyot banki guruhi kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi O‘zbekistondagi o‘z hamkorlarini taqdirladi. Xususan, korporatsiyaning ko‘p yillik hamkori bo‘lgan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki eng ko‘p loyihalarni moliyalashtirgan bank sifatida e’tirof etildiva eng yaxshi hamkor nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Qishloq qurilish bank” va korporatsiya o‘rtasida imzolangan umumiy qiymati 21,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar doirasida yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bank tomonidan eng ko‘p loyihalar moliyalashtirilganligi yuqori baholandi.

Mazkur nufuzli tadbir yaratib bergan muloqot maydonidan foydalanilgan holda, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, Arab iqtisodiy rivojlanish Quvayt jamg‘armasi va boshqa xorijiy hamkorlar bilan ham istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

ATB “Qishloq qurilish bank” o‘z xorijiy hamkorlari bilan birgalikda, kelgusida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlamoqda.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

 

BRB
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi