Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

“Qishloq qurilish bank” kreditlari – kichik biznes rivoji uchun

19.08.2016

“Qishloq qurilish bank” kreditlari –

kichik  biznes  rivoji  uchun

 

2016 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida “Qishloq qurilish bank” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bankning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlashdagi  ishtiroki va bu yo‘nalishda erishilayotgan natijalar bo‘yicha  ma’lumotlar  berildi.

Tadbirda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar natijasida O‘zbekiston sobiq ittifoq tarkibidagi asosan paxta xomashyosi etkazib beradigan, aholisining hayot darajasi eng qoloq respublikadan ko‘p qirrali iqtisodiyotga ega bo‘lgan zamonaviy davlatga aylangani, xalqaro miqyosda keng e’tirof etilayotgan mamlakatimiz bank-moliya sektoridagi barqarorlik ko‘rsatkichlari ham puxta o‘ylangan iqtisodiy siyosatning samarasi ekanligi ta’kidlandi. O‘tgan 25 yillik taraqqiyot tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, korxonalar  raqobatbardoshligini oshirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirishda bank tizimining hissasi va ishtiroki muttasil  ravishda ortib bormoqda.

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston bank-moliya sektorida o‘z o‘rniga ega etakchi tijorat banklaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bank tizimida 42 ta filial, 48 ta minibank va 186 ta shahobchalar faoliyat yuritmoqda va ularda 692 mingdan ortiq jismoniy  va  yuridik  shaxs  maqomidagi  mijozlarga  xizmatlar  ko‘rsatilmoqda.

2016 yilning 1 avgust holatiga bankning sof aktivlari 5 122,9 mlrd. so‘mga, jami kapitali  esa 464,3 mlrd. so‘mga etdi va bankning kredit portfeli 4 404,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Matbuot anjumani bank  aholi farovonligini  va  bandligini ta’minlashda  muhim  o‘rin tutayotgan xususiy sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratayotgani va bu maqsadlarda ajratilayotgan kreditlar qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes sub’ektlarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qilayotgani qayd qilindi. Xususan, 2009-2016 yillar davomida kichik biznes sub’ektlariga 2 402 708 mln. so‘m, shu jumladan, oziq-ovqat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 427 139 mln. so‘m, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga 536 706 mln. so‘m, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga 304 604 mln. so‘mlik kredit  mablag‘lari  ajratilgan.

2010-2016 yillar davomida imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan ajratilgan kreditlar 23 203 mln. so‘mni tashkil etgani holda, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 109 683 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 716 988 mln. so‘m yo‘naltirildi.

2011-2016 yillar davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun  62 734 mln. so‘m miqdorida kreditlar berildi.

2016 yilda ham  ATB “Qishloq qurilish bank” kichik biznes sub’ektlarini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Joriy yilning o‘tgan etti oyi mobaynida kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab‑quvvatlash maqsadida bank tomonidan ajratilgan kreditlar 517,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shu davrda aholining faol qismiga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 152,0 mlrd. so‘mlik mikrokreditlar ajratildi.

Bank  tomonidan raqobatbardosh, yuqori sifatli oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni va turlarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini iste’mol tovarlari  bilan  boyitish, tayyor tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi, mahalliy korxonalarni tashkil etish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadida mijozlarga ajratilgan kreditlar 212,4  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bank respublikamizning qishloq joylarida servis xizmatlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur maqsadlarga joriy yilning 7 oyi davomida 47,1 mlrd. so‘m  miqdorida kreditlar ajratildi.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlari bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish bankning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Joriy yilning 7 oyi mobaynida  kasb-hunar  kolleji  bitiruvchilariga  13,1 mlrd. so‘m  miqdorida imtiyozli  mikrokreditlar berildi.

Shuningdek, bu davrda xotin-qizlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  tadbirkor ayollar rahbarlik qilayotgan xo‘jalik sub’ektlariga 76,4 mlrd. so‘m  miqdorida kreditlar ajratildi. Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga, oilaviy tadbirkorlar hamda kasanachilikka 26,3 mlrd. so‘mlik mikrokreditlar ajratildi.

ATB  “Qishloq qurilish bank” 2009-2015 yillar davomida investitsiyaviy  loyihalarni moliyalashtirish, shu bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, xususan, qishloq joylarda zamonaviy uy-joylarni barpo etish investitsiya maqsadlariga jami 4 511,2 mlrd. so‘m miqdorida uzoq muddatli kreditlar, shundan bevosita iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 1 183,7 mlrd.  so‘m  miqdorida  investitsiya kreditlari ajratildi.

Joriy  yilda  ham  bank investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etmoqda. Etti oy davomida investitsiya maqsadlariga jami 963,4 mlrd. so‘m miqdorida uzoq muddatli kreditlar ajratildi. Buning 173,8 mlrd. so‘mini iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan investitsiya kreditlari tashkil etadi. Jumladan, joriy yilda iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan investitsiya kreditlari asosida sanoat sohasining 37,0 mlrd. so‘mlik, qishloq xo‘jaligining 11,4 mlrd. so‘mlik, transport va kommunikatsiya sohasining 17,7 mlrd. so‘mlik, qurilish sohasining 29,5 mlrd. so‘mlik, moddiy-texnik ta’minot va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining 41,6 mlrd. so‘mlik loyihalariga hamda boshqa sektorlarda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning 36,6 mlrd. so‘mlik loyihalariga investitsiya kreditlari ajratildi.

Bank mamlakatimizda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi bo‘yicha ham samarali natijalarga erishmoqda. Jumladan, “Respublika hududlarini 2013-2016 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga asosan 2016 yilning o‘tgan etti oyi davomida 3272  ta yangi ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 487 ta loyihaga 38,6 mlrd. so‘mlik  kreditlar ajratilishi ta’minlandi.

Bank tomonidan namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishi davlat dasturi doirasida Osiy taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot fondi kabi xorijiy moliya institutlari imtiyozli kredit liniyalari bilan bilan bir qatorda  tadbirkorlik sub’ektlarining xorijning eng ilg‘or texnika va texnologiyalarini joriy etishni, raqobatbardoshli va zamon talabiga javob beradigan milliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy valyutadagi imtiyozli xorijiy kredit liniyalarini ham keng jalb qilib kelinmoqda.

O‘tgan 2009-2016 yillar davomida  davomida bank tomonidan jami 32,6 mln. AQSh dollari miqdoridagi 7 ta kredit liniyalari jalb qilingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida mazkur mablag‘lar hisobidan bank mijozlarining 80 dan ortiq loyihalari moliyalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2015 yil 21 sentyabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga asosan jalb qilingan kredit liniya doirasida 2016 yil davomida amalga oshirilgan 17 ta loyihaga 8,6 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Xususan, respublikamizning turli hududlarida 8 ta muzlatkich omborlariga 1 903,88 ming AQSh dollari, intensiv bog‘ tashkil etish va tomchilatib sug‘orish uskunalarini tadbiq etish maqsadida 4 ta loyihaga 3 040,26 ming AQSh dollari, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish uchun 3 ta loyihaga 1 667,00 ming AQSh dollari va qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadi uchun 2 ta loyihaga 1 987,0 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 22 yanvardagi “Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi(XQXTJ)ning “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga asosan jalb qilingan 2,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniya doirasida Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilik sektoridagi mijozlarning istiqbolli loyihalari moliyalashtirib kelinmoqda.

Shu yilning may oyida “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi bank reytingini tasdiqladi: kontragent riskini baholash reytingi – V1/NP, xorijiy va milliy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi – V2/NP, bankning barcha reytinglar prognozi – “BARQAROR”.

Matbuot anjumanida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan istiqbolli loyihalar, bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

 

 

Bank axborot xizmati
BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi