O'zbekistonda pulli parkovka narxi boshqa davlatlardan qimmatmi? Batafsil

“Qishloq qurilish bank” o‘z mijozlarini taqdirladi

15.04.2019

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan mijozi bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni tashkil etishda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rag‘batlantirish, o‘z loyihalarini amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratib kelayotgan va aholi daromadlarini oshirishga faol hissa qo‘shayotgan bank mijozlarini e’tirof etish, ilg‘or tadbirkorlar yutuqlarini targ‘ib qilish asosiy vazifa sifatida belgilandi.

Poytaxtimizda o‘tkazilgan “BANKEXPO-2019”- Moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi doirasida mazkur ko‘rik-tanlovning g‘oliblari 6 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.

IMG_6623.JPG

“Eng yaxshi investitsion loyiha” nominatsiyasida Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Oloy gulzor servis” MChJ loyihasi taqdirlandi. Mazkur korxona kraxmal, fruktoza va patoka ishlab chiqaradi va Markaziy Osiyodagi noyob korxonalardan biri hisoblanadi.

“Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha “Stimul Print” MChJ loyihasi g‘olib bo‘ldi. Mazkur korxona yangi turdagi reklama xizmatlarini ko‘rsatadi va bankning Toshkent viloyati mintaqaviy filiali mijozi hisoblanadi.

“Ishlab chiqarish sohasidagi eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik bankning Yakkabog‘ filiali mijozi bo‘lgan “Bonu chevar” xususiy korxonasiga nasib etdi. Mazkur korxona har xil turdagi pishiriqlar va non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Farg‘ona viloyatidagi“Toshloq Muhammadmirzo Fayz” dehqon xo‘jaligi rahbari Shahzoda Mamatova“Eng yaxshi tadbirkor ayol”nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. 58 yoshni qarshilagan opaning g‘ayrat-shijoati ko‘plarga o‘rnak bo‘lgulik. Shahzoda opa chorvachilik va issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

“Namunali oilaviy tadbirkor”nominatsiyasida g‘olib deb sirdaryolik Husniddin Nuriddinov topildi. U o‘z oila a’zolari bilan bedanachilikni rivojlantirib kelmoqda. Shu orqali oilaviy daromadlar oshishi ta’minlanmoqda.

“Uzoq va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda amalga oshirilgan eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida bankning Yangiobod filiali mijozi “Salohiddin Muhammadrizo” korxonasi loyihasi g‘olib bo‘ldi. Mazkur korxona tomonidan qishloq xududida mebel ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va shu orqali yoshlar bandligi ta’minlangan.

G‘oliblar bank tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur ko‘rik-tanlov ATB “Qishloq qurilish bank” o‘z mijozlarining faoliyatiga va rivojlanishiga befarq emasligining, tadbirkorlarning ishonchli hamkori ekanligining yana bir bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi, deyish mumkin.

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi