JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

“Qishloq qurilish bank” va KfW IPEX-Bank o‘rtasida 50 million yevro miqdorida shartnoma imzolandi

15.01.2019

2019 yil 14 yanvar kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “Qishloq qurilish bank” va KfW IPEX-Bank (Germaniya) o‘rtasida 50 mln. yevro miqdorida shartnoma imzolandi.

Imzolangan bitim KfW IPEX-Bank bilan “Qishloq qurilish bank" o‘rtasida yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun minimal summasi 3 mln. yevro va 10 yilgacha muddatga mo‘ljallangan uzoq muddatli kredit liniyasini taqdim etishda yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. 

Shartnoma doirasida Germaniya, Yevropa ittifoqi va boshqa davlatlardan zamonaviy uskunalarni sotib olish vayuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga sarmoyalar yo‘naltirishko‘zdatutilmoqda. Bu esa kichik biznes korxonalari salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirishga va yangi ish o‘rinlariga zamin yaratadi.

O‘zbekiston va Germaniya moliya muassasalarining o‘zaro hamkorligi davlatlarimiz o‘rtasida shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiy hamkorlik munosabatlari rivojiga xizmat qiladi.

KfW IPEX-Bank KfW guruhining bank birligi bo‘lib, u 2008 yilda guruh a’zosi sifatida tashkil etilgan. KfW IPEX-Bankning asosiy vazifasi - loyiha va eksportni moliyalashtirish sohalarida Germaniya va Yevropadagi kompaniyalarning iqtisodiyoti va faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bank aktivlari 30,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 

Telefon:(+99878) 150-93-39

Veb-sayt:www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook:   FB.com/official.qqb.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda



Orphus tizimi