JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

«Qishloq qurilish bank» Xonqa filiali yangi binoda ish boshladi

04.11.2020

ATB «Qishloq qurilish bank» mijozlarga qulaylik yaratish, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda. Respublika hududlarida bank  infratuzilmalari tarmog‘i kengaymoqda va bank filiallari zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlanmoqda.

photo_2020-11-04_14-32-21.jpg

Kuni kecha bankning Xonqa filiali yangi ma’muriy binoda ish boshladi. Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov, Xonqa tumani hokimi Omonboy Jumanazarov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston bank tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini, “Bank - mijoz uchun” tamoyili kundalik hayotimizda yorqin aksini topayotganini, buning isbotini Xonqa filialining yangi binosida yaratilgan qulayliklar misolida ham ko‘rish mumkinligini ta’kidladilar.

photo_2020-11-04_14-32-36.jpg

“Qishloq qurilish bank” Xonqa filiali binosida mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Xususan, innovatsion bank texnologiyalari,  bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan. Elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, 24/7 rejimida ishlaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha kechayu kunduz uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

ATB «Qishloq qurilish bank» kelgusida ham o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

photo_2020-11-04_14-32-44.jpg

BRB
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi